Uchquduq — Oʻzbekiston Respublikasining Navoiy viloyatiUchquduq tumanidagishahar (1978-yildan), tuman markazi. Viloyatning shimolida. Temir yoʻli stansiyasi. Uchquduqdan Navoiy shahrigacha 300 km.
Tarixi
Uchquduqning paydo boʻlish tarixi 1950-yillarda SSSRlik muhandis Aleksandr Matveyev tomonidan ushbu hududda uran konlarini topilishi bilan bogʻliq.
Geofizika asbob-uskunalari rivojlanishi bilan muhandislar aviatsiyani ham uskunalar bilan jihozlay boshladilar. Bunday jihozlar, xususan, Qizilqum ustidan ucha oladigan Li-2 samolyotida mavjud boʻlgan. Shunday samolyotlarning birida radiatsiya aniqlanadi va Moskvadan qidiruv ekspeditsiyasi yuboriladi.
Shaharcha qurilishi 1956-yilning bahorida Pyatigorsk 621-bo'limidan kelgan 80-kishilik otryad bilan boshlangan va hozirgi shahardagi 8- 13- dahalar hududida S.N. Brajnikov boshchiligida ikki standard kazarmalar qurilgan. 1956-yilning avgust oyida esa Lermontov shahridan 100 dan ortiq kishilik otrayd qo'shimchalari kelgan va 1962-yilda Navoiyga ko'chib o'tishgan. Shaharda qad rostlagan birinchi binolar bu 11-daha hududidagi suv ta'minoti inshoati va vaqtinchalik turar-joy va madaniy binolar majmuasi hisoblanadi[1]
Keyinchalik, bu joyda 1960-yillarning oʻrtalarigacha davom etgan 54-sonli statsionar geologik partiya joylashgan. 1961-yil 2-martda Uchquduq Buxoro viloyati tarkibida shahar tipidagi posyolkaga aylangan[2].
1960-yillarning oxirida uran rudasini ham ochiq, ham yer ostida qazib olish (keyinroq yer osti yuvish usulida) hajmining tez oʻsishi hisobiga turar-joylar tez rivojlana boshlagan.
SSSRning turli burchaklaridan konchilar va muhandis-texnik mutaxassislarning doimiy ishlash uchun ommaviy kelishi boshlangan. 1978-yilda Uchquduq shahar maqomini olgan.
Shahar Qizilqum choʻlining markaziy qismida, Uchquduq temir yoʻl vokzalidan 12 km uzoqlikda joylashgan. 1958 yildan buyon shaharda Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) ishlab turibdi. Aholining aksariyati ushbu zavod xodimlaridir.
1995-yildan buyon Uchquduqda yiliga 20 tonna oltin ishlab chiqarish quvvatiga ega oltin qayta qazib olish majmuasi ishlab turibdi. 2001-yildan boshlab hududda Uchquduq-2 temir yoʻl liniyasi — Miskin ishlay boshlagan. Shahar hududidan Navoiy—Uchquduq— Nukus yoʻnalishidagi katta avtotrassa oʻtadi.
Aholisi
Shaharda hozirda 34,2 ming kishi istiqomat qiladi[3].
Uchquduqda oltin, oltingugurt, marmar ishlab chiqaruvchi kon sanoati korxonalari, jumladan, Navoiy konchilik ktiga qarashli Shimoliy kon boshkarmasi, Zarafshon kurilish boshqarmasi tasarrufidagi „Shimol“ korxonasi, Koʻkpatos geologiya razvedka ekspeditsiyasi, Qizilqum 31-geologiyarazvedka partiyasi, Oʻzbekiston—Rossiya „Promelektro“ qoʻshma korxonasi, qurilish, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari va shoxobchalari, avtokorxona ishlab turibdi.
Ijtimoiy obyektlar
6 umumiy taʼlim maktabi, bolalar musiqa va sanʼat maktablari, gimnaziya, konchilik kasbhunar kolleji ishlab turibdi. Madaniyat uyi, 3 kutubxona, klub muassasalari mavjud. Stadion, sogʻlomlashtirish punkti, suzish havzasi va boshqa sport inshootlari aholiga xizmat qiladi. Markaziy kasalxona, tibbiy sanitariya kismi, silga qarshi dispanser, poliklinika, ayollar va bolalar konsultatsiyasi, dorixona, ambulatoriya, 4 kasalxona, 2 vrachlik punkti, davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi va boshqa tibbiy muassasalar faoliyat koʻrsatadi[4].
Manbalar
↑Kucherskiy NI, Astvatsaturyan G.G., Berdnikov EA, Malgin O.N., Maslov Yu., Orexov AN Navoiy kon-metallurgiya kombinati. Yaratilish va tarixi . – Toshkent: IPAK “Shark”, 2002. – B. 320-321. - 480 s.
↑Vedomosti Verxovnogo Soveta SSSR. № 11 (1046), 1961 g.