Amudaryoning oʻng sohilidagiUrganchtemir yoʻl stansiyasidan 20 km shimoliy sharqda joylashgan. Iqlimi keskin kontinental.Yanvar oyining oʻrtacha temperaturasi –15°C, –20°C, iyul oyiniki esa 38°C ni tashkil etadi. Aholisi 66.09 ming kishi (2018). Beruniy qadimiy Xorazmningpoytaxti boʻlib, oʻsha davrlarda Kat deb atalgan. 1957-yili 4-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori bilan Shabboz (Shayx Abbos Vali) tumani deb nomlanib kelgan. 1964-yildan boshlab shu yerda tugʻilib oʻsgan olim va mutafakkir Abu rayxon Beruniyning nomi bilan nomlanadigan boʻldi. Beruniy 990-yillarda shaharda astronomik kuzatishlar olib borgan.
2005-yili 9,1 chaqirim gaz tarmoqlari, 8,5 chaqirim suv tarmoqlari foydalanish uchun topshirilgan. Bunnan tashqari, 31 ming kv.m. bir nechta turar joylar, shifoxonalar kapital remontdan chiqdi. Shahar xalqi 2005-yillarga kelib toza ichimlik suvi bilan, gaz va elektr energiya tarmoqlari bilan toʻliq taʼminlangan[3].
Tarixi
X asrning oxirlaridagi «Hudud al-Alam» (olam chegaralari, hududlari) joʻgʻrofiy asarining nomaʼlum forsiy muallifi shunday yozadi: "Kat - Xorazmning bosh shahri, Turkistonga darvozalari guzlik, Turkiston, Movarounnahr va xazar viloyatlari turklarining mollari saqlanadigan, savdogarlar oqib keladigan joy... Shahar katta boylikka ega. Yostiq choyshablari, qavilgan kiyimlar, ip gazlamalar, kigiz, ruxbinlar (pishloq turi) oʻsha yerdan olib kelinadi"[4].