„The Official Guide to the GRE General Test“ („GRE umumiy testi boʻyicha rasmiy qoʻllanma“) — GRE testiga tayyorlanish boʻyicha testni hozirlovchi Educational Testing Service tashkiloti tomonidan chop etiladigan rasmiy qoʻllanma. Ilk bor 2010-yil „McGraw-Hill Education“ nashriyotida chop etilgan. 2012- va 2016-yillarda ayni nashriyotda qayta nashr qilingan.
Kitob „The Official GRE Quantitative Reasoning Practice Questions“ hamda „The Official GRE Verbal Reasoning Practice Questions“ qoʻllanmalari bilan bir qatorda ETS tomonidan hozirlangan sanoqli rasmiy qoʻllanmalarning biridir.