„GRE: Answers to the Real Essay Questions“ (tarjimasi „GRE: Haqiqiy insho savollariga javoblar“) — GRE testiga tayyorlanish boʻyicha Mark Alan Stewart yozgan qoʻllanma. Ilk marotaba 2000-yil chop etilgan. 2003-yil ikkinchi nashr eʼlon qilingan. 2009-yil kitobning uchinchi nashri bosilib chiqqan. Birinchi va ikkinchi nashr „Arco“ nashriyotida, unchinchi nashr esa „Peterson's“ nashriyotida chop etilgan.
Asar ikki boʻlimga boʻlingan boʻlib, ularning birida masala vazifalari (inglizcha: issue tasks), ikkinchisida argument vazifalari (inglizcha: argument tasks) berilgan. Ilk nashrga umumiy hisobda 250 savolga javoban yozilgan insho kiritilgan[1]. Stewart „GRE: Answers to the Real Essay Questions“ bilan bir qatorda GMAT testiga hozirlanish boʻyicha „GMAT: Answers to the Real Essay Questions“ qoʻllanmasini ham yozgan[2].