UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi (ilgari UEFA ayollar kubogi (2001-2009) deb nomlangan) Yevropa ayollar futbol assotsiatsiyasining musobaqasidir. UEFA Ayollar Chempionlar ligasida Yevropa boshqaruv organi UEFAga aloqador mamlakatlarning top klub jamoalari ishtirok etadi.
Musobaqa birinchi marta 2001—2002-yillarda UEFA ayollar kubogi nomi ostida oʻtkazilgan va 2009—2010-yilgi mavsum uchun musobaqaning nomi Chempionlar ligasi nomiga oʻzgartirilgan. 2009-yildagi eng muhim oʻzgarishlar: Reytingda birinchi oʻrinni egallagan sakkizta davlat bilan ikkinchi oʻrin egallagan davlatlarning ham finalga chiqa olishi; avvalgi yillardagi ikki oʻyinli finaldan farqli ravishda bir martalik final oʻyinlarining belgilaniashi; UEFA Ayollar Chempionlar ligasi final oʻyinlari erkaklar oʻrtasidagi UEFA Chempionlar Ligasi finali oʻtkazilgan shaharda oʻtkazilishi edi (2018-yilgacha bu amalda boʻlgan).
„ Lyon“ futbol klubi UEFA Ayollar Chempionlar ligasi tarixidagi eng muvaffaqiyatli klub boʻlib, 8 marta chempionlikni qoʻlga kiritgan.
UEFA Ayollar kubogida jamoalar sonini 32 taga qisqartirish uchun dastlabki bosqich oʻtkazilgan. Birinchi mavsumda faqat ikkita jamoa ikki oʻyinli uchrashuv oʻtkazgan. Keyingi mavsumlarda musobaqa toʻrtta jamoaviy mini-turnir shaklida oʻtkazilgan. Bu bosqichda gʻalaba qozongan gʻolib guruh bosqichiga yoʻl olgan. Keyin jamoalar toʻrttadan sakkizta guruhga boʻlingan. Guruhlar besh kun davomida yana bitta joyda mini-turnirlar sifatida uchrashuvlar oʻtkazishgan. Keyin guruh g‘oliblari chorak finalga yo‘l olgan. Pley-off uchrashuvlari ikki bosqichli tarzda oʻtkazilgan.
2004—2005-yilgi mavsumda guruh bosqichi toʻrtta guruhda oʻtkazilgan va eng yaxshi ikki jamoa chorak finalga yoʻl olgan.
2008-yil 11-dekabrda UEFA musobaqa formati qayta o‘zgartirilishini va UEFA Ayollar Chempionlar ligasi nomini olishini eʼlon qildi[1]. Erkaklar oʻyinida boʻlgani kabi, yangi turnir ham Yevropaning eng yaxshi ayollar futbol ligalarida ikkinchi oʻrinni egallagan jamoalarni oʻz ichiga olagan edi[2].
Musobaqada UEFAning barcha 55 assotsiatsiyasi chempionlari qatnashishi mumkin. Biroq, barcha assotsiatsiyalar ayollar ligasiga ega emas yoki hamma davlatlar ham unda har yili ishtirok etishni afzal koʻrmaydilar. Har xil ishtirok tufayli saralash bosqichida oʻynaydigan jamoalar soni yildan-yilga oʻzgarib turadi. Prinsiplar kirish roʻyxatidan xulosa qilinadi[3]: Raqamlar uchta printsipga asoslanadi:
Misol uchun, 53 jamoa ishtirokidagi turnirda 25 ta jamoa toʻgʻridan-toʻgʻri R32 ga kiritiladi.
Mart-may
Musobaqadgi birinchi mukofot puli birinchi marta 2010-yilda (ikkala finalchiga ham) topshirildi. 2011-yildan pul mukofotlari yarim va chorak finalda magʻlub boʻlgan jamoalarga ham beriladigan boʻldi[4]. Hozirgi pul mukofoti tuzilmasi
Eng yaxshi toʻpurar mukofoti butun musobaqada eng koʻp gol urgan oʻyinchiga beriladi. Islandiyalik Margrét Lára Vidarsdóttir bu sovrinni uch marta qoʻlga kiritgan. Ada Hegerberg bir mavsumda eng koʻp gol urish boʻyicha rekordchi hisoblanadi.
Berglind Björg Þorvaldsdótti(Breiðablik)
DAZN kompaniyasi musobaqaning 2021—2022-yildan 2024—2025-yilgacha boʻlgan global huquqlariga ega. 2021—2022 va 2022—2023-yillar mavsumlaridagi 61 ta oʻyin DAZN UEFA Ayollar Chempionlar ligasi YouTube kanalida bepul jonli translyatsiya qilinadi[13].
Guruh bosqichidan finalgacha boʻlgan barcha oʻyinlar 2023—2024-yilgi mavsumgacha beIN Sports telekanalida jonli efirda namoyish etiladi.