Turkmaniston Sovet Sotsialistik Respublikasi, Turkmaniston SSR (turkmancha: Түркменистан Совет Социалистик Республикасы; ruscha: Туркменская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Ayrim manbalarda Sovet Turkmanistoni deb yuritiladi.
Turkmaniston SSR poytaxti Ashxobod shahri boʻlgan. Respublika 44 rayonga boʻlingan, 16 shahar, 74 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.[1]
1990-yilning 22 avgustida Turkmaniston suverenitet eʼlon qildi. 1991-yilning 27-oktabriga kelib respublika oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. Turkmaniston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.
Tarixi
Turkmaniston SSR hududida sinfiy jamiyat miloddan avvalgi 1-ming yillikda vujudga kelgan. 6–4-asrlarda Axomaniylar, Makedoniyalik Iskandar qoʻl ostida boʻlgan. Miloddan avvalgi 3-asrdan Parfiya podsholigi, Sosoniylar davlati tarkibida boʻlgan.
16–17-asrlarda Buxoro xonligi tarkibida, 19-asrning 60-yillari oxiri – 80-yillar oʻrtasida Rossiyaga qoʻshib olingan.
Turkmanistonda Sovet hokimiyati 1917-yil noyabr-dekabr oylarida oʻrnatilgan. Mamlakat hududining asosiy qismi Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibiga kirgan. 1921-yil 7-avgustda Turkiston ASSR tarkibida Turkman viloyati tuzilgan. Milliy chegaralanish natijasida 1924-yil 27-oktabrda Turkmaniston SSR tashkil etilgan.
1990-yilning 22 avgustida Turkmaniston suverenitet eʼlon qildi. 1991-yilning 27-oktabriga kelib respublika oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. Turkmaniston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.
Manbalar
↑"Turkmaniston SSR" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 2. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 298. 5-89890-018-7.