Muhammad (tq. 627-yildan 631-yil vafotiga qadar (BE) (bahsli)
Rayhona binti Zayd (arabcha: ريحانة بنت زيد) Islom dini paygʻambari Muhammadningsoʻnggi ayoli boʻlgan va shuning uchun u „Umm-ul-Muʼminin“ (arabcha: أمّ المؤمنين, rom.:ʾumm al-muʾminīn), yaʼni „Moʻminlarning onasi“ hisoblanadi. Rayhona Banu Nodir qabilasidan boʻlgan yahudiy ayol boʻlib, 627-yilda (5-hijriy) Banu Qurayza voqeasidan keyin Islom dini paygʻambari Muhammad bilan turmush qurgan[1][2][3]. Rayhonaning Muhammad bilan turmush qurgan yoki qurmaganligi baʼzida bahsli mavzu sifatida eʼtirof etiladi.
Biografiyasi
Rayhona Banu Nodir qabilasida tugʻilgan va turmushga chiqqandan soʻng Banu Qurayza qabilasi aʼzosiga aylangan[4][5].
Ibn Saʼd Rayhona islomni qabul qilganidan keyin Muhammadga turmushga chiqqanligini yozgan[6]. At-Saʼlabiy uning Muhammadning xotini boʻlganini tasdiqlagan va Rayhona uchun mahr toʻlanganiga dalillar keltirgan. Ibn Hajar Muhammad Rayhonaga uylanganidan keyin uy unga berganiga ishora qiladi[7]. Antonie Wessels Muhammad Rayhona Banu Nodir va Banu Qurayza qabilalari bilan ikki tomonlama aloqadorligi sababli siyosiy sabablarga koʻra u bilan turmush qurgan deb, Lesley Hazleton esa buni Muhammadning ittifoq tuzganiga dalil deb hisoblagan[8][9]. Aksincha, Barakat Ahmad Rayhona va Muhammadning qoʻshinlari tomonidan har ikki qabilaning yoʻq qilingani tufayli Muhammadning nikohi „maʼnosiz“ degan tushunchani qoʻllab-quvvatlagan[10].
Islom ulamolari orasida Mariya al-Qibtiya singari Rayhonaning ham rasman Muhammadning xotinlaridan biri boʻlga degan umumiy fikr mavjud emas[11][12][13][14]. Jumladan, Hofiz ibn Minda va Shibli Noʻmoniylar uning Islom dinini qabul qilganidan keyin Banu Nodirning yoniga qaytganini taʼkidlashgan[15].
Rayhona 631-yilda, hajdan 11 kun oʻtib vafot etgan va Muhammadning boshqa ayollari bilan birga MadinadagiAl-Baqi qabristoniga dafn qilingan[16].
↑Jerome A. Winer. The Annual of Psychoanalysis, V. 31: Psychoanalysis and History Winer:. Routledge, 2013 — 216-bet. ISBN 9781134911820.
↑David S. Powers. Muhammad Is Not the Father of Any of Your Men: The Making of the Last Prophet. University of Pennsylvania Press, 2011 — 8-bet. ISBN 9780812205572.
↑Nomani, Shibli (1979). The Life of the Prophet. Vol. II, pg. 125–6
↑al-Halabi, Nur al-Din. Sirat-i-Halbiyyah. Uttar Pradesh: Idarah Qasmiyyah Deoband — vol 2, part 12, pg. 90-bet. Translated by Muhammad Aslam Qasmi.