Gretsiya milliy futbol terma jamoasi (yunoncha: Thinkk lílias , Ethniki Elladas) erkaklar oʻrtasidagi xalqaro futbol oʻyinlarida Gretsiya sharafini himoya qiladi. Gretsiya futboli boʻyicha boshqaruv organi boʻlgan Gretsiya futbol federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Gretsiya oʻz uy oʻyinlarining koʻp qismini Afinada joylashgan Olimpiya stadionida yoki port shahar Pireyda joylashgan Karaiskakis stadionida oʻtkazadi. Gretsiya UEFA Yevropa chempioni boʻlgan oʻnta terma jamoadan biridir.
Gretsiya xalqaro futbolda 1980-yillardan boshlab yaxshi natijalarga erisha boshladi. Ularning yirik turnirlardagi birinchi chiqishi 1980-yilgi Yevropa chempionatiga togʻri keladi. Ular guruh bosqichidan oʻta olmadilar. Gretsiya 1994-yilgi FIFA Jahon chempionatigacha boshqa yirik turnirda ishtirok etamadi.
UEFA Evro-2004 Gretsiya futbol tarixidagi eng yuqori pogʻona boʻldi. Terma jamoa ushbu musobaqadagi ikkinchi ishtirokida Yevropa chempionligini qoʻlga kiritdilar. Turnirr oldidan reyting autsayder sifatida eʼtibordan chetda qolgan Gretsiya musobaqadagi favoritlari Fransiya va mezbon Portugaliyani magʻlub etdi. Portugaliyani guruh va final bosqichida magʻlubiyatga uchratdi.
1896-yil 12-aprelda 1896-yilgi Olimpiya o‘yinlari vaqtida Afinadagi Neo Phaliron Velodrome stadionida Gretsiya Daniya terma jamoasiga 9:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi[3].
Futbol boʻyicha Olimpiya oʻyinlarining dastlabki uchta mavsumida (1900-06) norasmiy maqomga ega holda qatnashgan. Gretsiya 1900-yilgi Olimpiada va 1904-yilgi Olimpiada oʻyinlarida qatnashmagan. 1906-yilgi Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilgan. Gretsiya davlatini ifodalovchi jamoa Afinalik futbolchilardan tuzilgan edi. Keyinchalik futbolchilar bilan yuzaga kelgan muammolar sababli chetlatilgan[4].
Gretsiya Birinchi jahon urushi tugaganidan keyin 1919-yilda Parijdagi Ittifoqlararo oʻyinlarda qatnashgan. Bu safar terma jamoa uyiga kumush medallar bilan qaytishdi. Keyingi yili Gretsiya 1920-yilgi Antverpendagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarda ishtirok etdi va birinchi oʻyinda Shvetsiya tomonidan 9-0 hisobda magʻlub etildi. Ushbu oʻyin ularning birinchi rasmiy oʻyini sifatida tan olingan[5].
1929—1936-yillar oraligʻida Gretsiya oltita Bolqon kubogida qatnashdi. Ularning eng yaxshi ishtiroki 1934—1935-yilgi Bolqon kubogida boʻlgan. Terma jamoa ikkinchi oʻrinni egalladi. Bu yillardagi jamoadagi asosiy yetakchi shaxs Kostas Choumis boʻldi, u Bolqon kubogida jami 7 ta gol urib, musobaqa tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlar qatoridan joy oldi[6].
1949 va 1958-yillar oraligʻida Gretsiya uchta Oʻrta yer dengizi kubogida ishtirok etdi. Ularning eng yaxshi ishtiroki 1950-1953-yilgi Oʻrta yer dengizi kubogida qayd etilgan. Italiya B dan atigi bir ochko kam boʻlgan holda ikkinchi oʻrinni egallagan. Bu yillardagi jamoa yetakchisi Georgios Darivas boʻldi. U 1950—1953-yilgi mavsumda 4 ta gol bilan eng yaxshi toʻpurar boʻlgan. Turkiyaga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etgan[7].
Keyingi oʻn yilliklar davomida Gretsiya terma jamoasi xalqaro maydonda muvaffaqiyatlarga erisha olmadi. Chunki Ikkinchi Jahon urushidan keyingi mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli milliy terma jamoani rivojlantirishga imkon bermadi.
Gretsiya ikkita FIFA Jahon kubogi musobaqasining saralash bahslarini oʻtkazib yubordi.
Alketas Panagoulias boshchiligida Gretsiya, Italiyada boʻlib oʻtgan 1980-yilgi Yevropa chempionati sarlashida Sovet Ittifoqi va Vengriyani magʻlub etib final yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan[8]. Final turnirida Gretsiya Gʻarbiy Germaniya, Niderlandiya va Chexoslovakiya bilan A guruhidan joy egalladi. Gretsiya oʻzining birinchi oʻyinida gollandlarga 65-daqiqada Kist tomonidan penaltida urilgan yagona gol evaziga magʻlub boʻldi. Uch kundan keyin Gretsiya Rimda Chexoslovakiya bilan oʻynadi. Birinchi boʻlim oxirida chexoslovakiyaliklarni 1:1 hisobida ushlab turgan Gretsiya, yakunda 3:1 hisobida magʻlub boʻldi. Oʻzining soʻnggi oʻyinida Gretsiya Gʻarbiy Germaniya bilan 0:0 hisobida durang oʻynadi. Ushbu natijalardan keyin terma jamoa guruhdan chiqa olmadi.
Yevropa chempioni sifatida Gretsiya 2005-yilda Germaniyada boʻlib oʻtgan FIFA Konfederatsiyalar kubogiga yoʻllanma oldi va 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati chempioni Braziliya, 2004-yilgi Osiyo kubogi chempioni Yaponiya, 2003-yilda KONKAKAF oltin kubogi chempioni Meksika bilan birga „B“ guruhidan joy egalladi. Gretsiya dastlabki ikki oʻyinda Braziliyaga 3:0 va Yaponiyaga 1:0 hisobida magʻlub boʻldi. Meksika bilan 0:0 hisobida durang oʻynab, guruhning soʻnggi pogʻonasidan joy oldi. Tarkibda Stathis Tavlaridis, Loukas Vyntra, Michalis Sifakis, Giannis Amanatidis va Fanis Gekas kabi futbolchilar bor edi. Ularning barchasi milliy terma jamoada birinchi marta chaqiruv olgan futbolchilar edi.
Jamoa 1994-yili AQSHda boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha jahon chempionatiga saralashida muvaffaqiyati ishtirok etdi va chempionatga yoʻllanma oldi. Ushbu jahon chempionati Gretsiya uchun birinchisi boʻldi[9]. Gretsiya saralash guruhida birinchi oʻrinni egalladi va soʻnggi oʻyinda Rossiya milliy futbol terma jamoasini ortda qoldirdi. Final turnirida Gretsiya Nigeriya, Bolgariya va Argentina bilan D guruhidan joy oldi. Muvaffaqiyatli saralash oʻyinlaridan soʻng, Gretsiyadan umidlar katta edi. Ammo jahon chempionatiga kelishi kerak boʻlgan tarkib ichida muammolar (ichki nizolar) paydo boʻldi. Shuningdek, ular 1990-yilgi FIFA Jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan Argentina, keyinchalik yarim finalga chiqqan Bolgariya va Afrikaning eng kuchli jamoalaridan biri boʻlgan Nigeriya bilan „oʻlim guruhi“ ga tushgan edi. Taʼkidlash joizki, ushbu uchta oʻyinda jamoaning barcha oʻyinchilari, jumladan, uchta darvozabon ham ishtirok etishdi, bu juda kamdan-kam uchraydigan hol. Ushbu turnir Gretsiya terma jamoasi uchun alamli boʻldi. Foksboro stadionida Argentinaga qarshi birinchi oʻyinda 4:0 hisobida magʻlub boʻlishdi. Toʻrt kundan soʻng, Gretsiya Chikagodagi Soldier Fieldda Bolgariyadan yana 4:0 hisobida magʻlub boʻldi. Soʻnggi oʻyinda Nigeriyaga ham Foxboro stadionida 2:0 hisobida magʻlub boʻldi.
Gretsiyaning anʼanaviy ranglari Gretsiya bayrogʻidan kelib chiqqan koʻk va oq ranglardir. Jamoa tashkil etilganidan beri koʻk rang uy libosi sifatida ishlatilgan boʻlsa-da, 2004-yilgi Yevropa chempionatidan keyin oq rang asosiy uy rangiga aylandi. Soʻnggi oʻn yilliklarda Gretsiya oq trikotaj, shorti va paypoqlar toʻplamini yoki butunlay koʻk rangli kombinatsiyani kiyadi. Ilgari, toʻplam koʻk trikotaj va oq shortilarning kombinatsiyasidan iborat edi. Ayni paytda, Gretsiya toʻplamida vaqti-vaqti bilan chiziqlar, xochlar yoki boshqa dizaynlar, shuningdek, koʻk rangning turli koʻrinishlari mavjud.
2013-yilning 10-aprelida Gretsiya futbol federatsiyasi Gretsiyaning amaldagi rasmiy yetkazib beruvchisi boʻlgan amerikalik ishlab chiqaruvchi Nike bilan hamkorlikni eʼlon qildi va ularning birinchi liboslari 2013-yilning 7-iyunida Litva bilan safar oʻyinida debyut qildi. 2014-yilning 4-martida Gretsiya 2014-yilgi FIFA Jahon chempionatida ham kiyiladigan soʻnggi liboslarini taqdim etdi[10][11][12].
Toʻplamda qoʻllaniladigan gerb (ethnsosimo „milliy belgi“ degan maʼnoni anglatadi[13][14])
Anʼanaga koʻra, Gretsiya ommaviy axborot vositalari va umuman greklar tomonidan oddiygina yunoncha „Ethniki“ (Dhnk) deb ataladi, bu soʻzma-soʻz „Milliy“ degan maʼnoni anglatadi. Toʻplam ranglari sifatida Gretsiya bayrogʻining ranglarini qoʻllaganligi sababli jamoa koʻpincha Galanolefki (Osmon koʻk-oq) deb ataladi. Ikkala taxallus ham boshqa sport turlari boʻyicha mamlakat terma jamoalari uchun ishlatiladi.
Gretsiya va mezbon Portugaliya oʻrtasidagi turnirning dastlabki oʻyini oldidan boʻlib oʻtgan UEFA Evro-2004 musobaqasining ochilish marosimida oʻsha davrdagi portugal tadqiqotchilarining ekspeditsiyalariga ishora qilib, XVI asrga oid kemaning nusxasi ishlatilgan. Gretsiya radiosi sport jurnalisti Georgios Xelakis ochilish oʻyinini translyatsiya qilar ekan, „Portugaliya terma jamoasi shunday kemada paydo boʻlgani sababli, biz qaroqchilarga aylanib, gʻalabani oʻgʻirlash vaqti keldi“, deb izoh berdi. Oxir-oqibat, Gretsiya mezbonlarni magʻlub etdi va jamoa „Pirat kemasi“ degan maʼnoni anglatuvchi Piratiko deb taʼriflandi. Bu esa turnir davomida har bir gʻalabada takrorlanadigan jamoaning yangi laqabi sifatida paydo boʻldi.
Gretsiyaning Turkiya bilan tarixiy raqobati bor. Ular bilan jami 13 ta oʻyin oʻtkazib, uchta gʻalaba, uchta durang va etti oʻyinda magʻlubiyatga uchragan[15]. Turkiya va Gretsiya klublari oʻrtasidagi oʻyinlar paytida sodir boʻlgan bir qancha voqealar doim OAV eʼtiborida turadi. Asosan bu davlat klublari bir savatchadan joy olishmaydi[16].