Belarus milliy futbol terma jamoasi (belaruscha: Zbornaya Belarusi pa futbole, romanlashtirilgan: Zbornaja Biełarusi pa futbole; rus: Sbornaya Belarusi po futbolu) Belarus sharafinini xalqaro futbolda himoya qiladi. Belarusiyada futbol boʻyicha boshqaruv organi boʻlgan Belarus futbol federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Belarus terma jamoasining uy maydoni Minskdagi „Dinamo“ stadioni. 1991-yilda mustaqillikka erishganidan beri Belarus hali FIFA Jahon chempionati va UEFA Yevropa chempionatiga chiqmagan.
Tarix
Sovet Ittifoqi parchalanganidan soʻng, Belarus birinchi oʻyinini 1992-yil 20-iyulda Litvaga qarshi oʻtkazdi. Bungacha bir qator belaruslik futbolchilar Sovet Ittifoqi terma jamoasida oʻynashgan. FIFA tomonidan tan olingan birinchi oʻyin 1992-yil 28-oktyabrda Ukrainaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini bo‘lgan. Birinchi g‘alaba esa 1994-yil 12-oktyabrda Lyuksemburgga qarshi o‘yinda qayd etilgan[2].