Farob nomining kelib chiqishi va maʼnosi nomaʼlum. Vamberi buni forscha „toza suv“ jumlasining buzilgan shakli deb hisoblagan[4].
Tarixi
Farob shaharchasi SSSR vaqtida Turkmaniston SSRning Chorjoʻy viloyati Farob tumanining markazi edi. 2016-yildan shahar maqomi berilgan[5].
2022-yil 9-noyabrda markazi Farob boʻlgan Farob tumanining tugatilishi munosabati bilan u Chorjoʻy tumani tarkibiga kiritildi[6].
Geografiyasi
Turkmanoboddan 8 km shimoli-gʻarbda, Amudaryoning oʻng qirgʻogʻida, Ashxoboddan 474 km uzoqlikda joylashgan. Turkmanobod — Farob yoʻnalishidagi temir yoʻl stansiyasi.