Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

 

Dolomit

Dolomit (fransuzcha. mineralogi Dolomit Dolomye nomidan) — karbonatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi CaCO3•MgCO3 Oz miqdorda temir, marganes, kobalt, baʼzan mis, bariy, qo'rg'oshin va b. bo'ladi. Oʻzbekistonda Dolomit gidrotermal, polimetall konlarida (Xondiza, Uchquloch, Qoʻrgʻoshinkon va b.) kvars, barit, pirit, sfalerit, galenit bilan yertomirlar hosil qilgan. Zirabuloq va Ziyovuddin togʻlarida silur davri, Chatqol, Qurama va Nurota togʻlarida devon davri choʻkindi jinslarida Dolomitning qalin qatlamlari mavjud. Dolomit metallurgiya, kimyo sanoatida flyus, termoizolyasiya materiali sifatida va qurilishda ishlatiladi.

Adabiyot

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Information related to Dolomit

Prefix: a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9

Portal di Ensiklopedia Dunia

Kembali kehalaman sebelumnya