Turkmanboshi Ruhi masjidi

Masjid
Turkmanboshi masjidi
Türkmenbaşy metjidi
Mamlakat  Turkmaniston
Hudud Qipchoq
Hajmi 10 000
Minoralar soni 4
Minoralar soni 4
Minoralar balandligi 91

38°1′4″N 58°15′10″E / 38.01778°N 58.25278°E / 38.01778; 58.25278

Turkmanboshi Ruhi Masjidi (turkmancha: Türkmenbaşy Ruhy Metjidi) yoki Gupjak masjidi[lower-alpha 1]Markaziy Osiyodagi eng yirik masjid. Turkmaniston poytaxti Ashxobod yaqinidagi Gupjak (yoki Qipchoq) qishlogʻida joylashgan[1]. Mamlakatning birinchi Prezidenti Saparmurod Niyozov tashabbusi bilan qurilgan[2][3].

Masjid mamlakat poytaxti Ashxoboddan taxminan 7 kilometr (4.3 mi) gʻarbda, M37 avtomagistrali boʻyida joylashgan.

Koʻrinishi

Fransiyaning Bouygues kompaniyasi tomonidan qurilgan masjid prezident Saparmurat Niyozovning ona shahrida qurilgan. U 2004-yil 22-oktyabrda ochilgan va Niyozov tomonidan maqbara siftida barpo etilgan. Niyozov ikki yil oʻtib vafot etadi va 2006-yil 24-dekabrda shu maqbaraga dafn qilindi.

Masjid qurib bitkazilgach koʻplab munozaralar markazida boʻldi, chunki devorlarga ham Qurʼon, ham Ruhnoma (Ruh kitobi) – Niyozovning „hayotning soxta maʼnaviy qoʻllanmasi“ dan bitiklar yozilgan. „Ruhnoma“ Qur’onga tenglashtirilgani koʻplab musulmonlarni gʻazablantirdi. Darhaqiqat, 10 000 nafar namozxonni sigʻdira olishiga qaramay, masjid koʻpincha boʻsh holatda boʻladi, chunki „Ruhnoma“ yozuvlari dindor masjidchilar tomonidan kufr deb hisoblanadi[4][5].

Eslatmalar

  1. Shuningdek, Qipchoq masjidi deb ham nomlanadi.

Yana qarang

Manbalar

  1. Mechet „Duxovnost Turkmenbashi“ poluchila status glavnoy mecheti Turkmenii, 2007-09-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-03-11
  2. Rustam Minnixanov posetil mechet Duxovnosti v Kipchake
  3. V Turkmenistane otkrita samaya bolshaya v Tsentralnoy Azii mechet
  4. Door to the Kipchak Mosque (Wayback Machine saytida 2 April 2015 sanasida arxivlangan)
  5. Türkmenbaşy Ruhy Mosque Atlas Obscura (www.atlasobscura.com). Retrieved 5 July 2019.

Strategi Solo vs Squad di Free Fire: Cara Menang Mudah!