Sirk

Sirk (lot. circus - "aylana", "halqa") tomosha sanʼatining bir turidir. Sirk koʻp hollarda yumaloq arena va baland gumbazli binoda joylashadi (koʻchib yuruvchi sirklar shunday chodirlar tiklashadi). Sirkda koʻzboylogʻichlik, akrobatika, masxarabozlik, qoʻlga oʻrgatilgan hayvonlar bilan tomoshalar va hokazo koʻrsatiladi.

Sirk (lot. circus — doira, aylana) — sanʼat turi. Akrobatika, gimnastika, ekvilibristika, klounada, jonglyorlik, polvonlik, illyuzionizm, ot oʻyinlari, dorbozlik, hayvon oʻrgatish kabi janrlarni oʻz ichiga oladi. Sirk artisti aql bovar qilmaydigan oʻyinlar koʻrsatib, insonning cheksiz imkoniyatlarini namoyish etadi, uning akli, epchilligi, jasurligi, kuch-qudratini uluglaydi va S.ning oʻziga xos badiiy ifoda vositalari orqali ruhan va jismonan barkamol insonning umumlashgan badiiy obrazini yaratadi. Bu obraz — tryuklar, yaʼni mohirlik va epchillik bilan bajariladigan harakatlar yordamida ochiladi, artistning boshqa ifoda vositalari — aktyorlik mahorati, plastikasi, imo-ishorasidir. Har bir sirk tomoshasi — sirk sanʼatining mukammal badiiy asari. Turli janrdagi bir necha tomoshalardan sirk dasturlari tuziladi.

Sirk sintetik sanʼat boʻlib, teatr, xoreografiya, vokal, rassomlik, kino elementlaridan foydalanadi. Insonparvarlik, baynalmilallik gʻoyalarini targʻib etib, xalqchilligi, ommaviyligi, demokratik yoʻnalishi bilan ajralib turadi. S. qadimdan maʼlum boʻlib, odamlarning mexnat jarayoni, urf-odatlari, tomoshalari, harbiy va sport mashklaridan yuzaga kelgan. Xalq sayillarida namoyish etiladigan may-don tomoshalari va teatrlashtirilgan sport musobaqalari takomillasha bo-rib, sanʼat turiga aylangan. S.ning alohida janrlari Qad. Misr, Rim, Yunoniston, Xitoy va boshqa mamlakatlarda mil. av. 1-ming yillikdan boshlab rivojlangan. Kds. Rimda mil. av. 6-asrdan boshlab, ellips shaklidagi otchoparlarda oʻtkaziladigan chavandozlik musobaqalarida akrobatlar, dorbozlar, jonglyorlar, gladiatorlar, hayvon oʻrgatuv-chilar va boshqa oʻz tomoshalarini namoyish etishgan. Kds. Xitoyda (mil. av. 3—2-asrlar) akrobatika, gimnastika, ekvilibristika, illyuzionizmning oʻziga xos oʻyinlari keng tarqalib, ular anʼanaviy teatr tomoshalari bilan uygʻunlashib ketgan. Qad. Armaniston va Gruziya amfiteatrlarida goh teatr, goh sirk tomoshalari koʻrsatilgan. Kiyevdagi Avliyo Sofiya ibodatxonasi (1037) devorlarida sozanda, polvon, muallaqchi, ot ustida mashq kilayotgan chavandozlar aks ettirilgani bu yerlarda sirk tomoshalari koʻrsatilganidan dalolat beradi. Urta ayerlarda S. ning rivojlanishida xalq sayyor artistlari alohida rol oʻynagan. 12-asrdan boshlab, avval Italiyada, soʻng Yevropaning boshqa mamlakatlarida maxsus ot minish maktablari ochildi va bu yerda dastlabki sirk chavandozlari taʼlim oldi. 1770-yil F. Astley Londonda chavandozlik maktabini ochadi, 1780-yil esa alohida amfiteatr qurib, oʻrgatilgan otlar ish-tirokida tomoshalar koʻrsata boshladi. Bu tomoshalarda hayvon oʻrgatuvchilar, klounlar, dorbozlar katnashadilar hamda tarixiy mavzudagi teatrlashtirilgan sahnalarda rollar ijro etishgan. F. Astley amfiteatri jahonda birinchi statsionar sirk hisoblanadi. 1807-yil A. Franko Parijda "Olimpiya sirki"ni ochdi va shu yildan boshlab "sirk" atamasi keng ishlatila bosh-landi. 19-asrning 2-yarmida Yevropa mamlakatlarida hamda Shimoliy Amerikada S. keng rivojlandi. Yirik shaharlarda yirik sirk binolari qad koʻtardi: Moskvada K.Ginne (1866) va A.Salamonskiy (1880), Berlinda G.Shuman (1868), Peterburgda G. Chinizelli (1877), Bryusselda E.Vulf (1892) sirklari va boshqa 1873-yil tadbirkor T. Barnum AQShda mahobatli koʻchma sirk qurib, tomoshalar bir vaqtning oʻzida 3 ta manejda namoyish qilingan. 19-asrning oxiriga borib, hozirgi tushunchamizdagi koʻp janrli sirk dasturlari shakllandi.

S. Sharq mamlakatlari, xususan, Oʻzbekiston hududida qadimdan maʼ-lum boʻlgan. Afrosiyob, Parfiya, Xolchayon, Panjikent, Xorazmda mil. av. 3-asr — mil. 2-asrga oid qazish ishlari jarayonida topilgan bir qator tasviriy sanʼat asarlari va polvon, muallaqchi, masxarabozlarning haykalchalari, oʻrta asrlarga oid adabiy manbalar bu yerda sirk tomoshalarining keng tarqalganligini koʻrsatadi. Baʼzi man-balar Amir Temur saroyida dorbozlar, polvonlar, muallaqchilar hamda oʻrgatilgan fillar va otlar tomoshasi koʻrsatilganini tasdiqdaydi.

Asrlar mobaynida oʻzbek sirki maydon tomosha sanʼati sifatida rivojlanib kelgan. Xalq bayram va sayillarida, bozor maydonlarida dorbozlar, simbozlar, chigʻirikchilar, "besuyak" muallaqchilar, hayvon oʻrgatuvchilar, nayrangbozlar, yogʻochoyoq va boshqa anʼanaviy sirk janrlari oʻyinchilari tomosha koʻrsatganlar. 18—19-asrlar oʻzbek sirki artistlari qoʻshni mamlakatlar — Xitoy, Hindiston, Afgʻoniston, Eron, Rossiya shaharlarida oʻz sanʼatini namoyish etganlar. 19-asrning oxirlarida Turkiston oʻlkasiga Yevropa uslubidagi bir kagor sirk guruhlari gastrolga kelishgan, Germaniya, Fransiya, Italiya, Angliya, Rossiya, Polsha artistlari mahalliy aholini jahon S. bilan tanishtirdi. Koʻp yillar mobaynida F. Yupatov, V.Jigalov, M. va S.Baranskiylar, A.Kozirkov, A.Borgi, R.Kapito, V.Sur, A.Makarov, M.Visokinskiy, Ye.Gamkrelidze va boshqa sirk tadbirkorlari Toshkent, Samarqand, Andijon, Fargʻona, Urganch kabi shaharlarda sirk tomoshalarini uyushtirishgan. Yevropa sirki taʼsirida tarqoq hodda faoliyat yuritayotgan oʻzbek sirki artistlari orasida guruhlarga uyushish kuchaydi. Natijada 20-asr boshida Baratboy, Mullaboy Mansurov (Mullaboy Mansurov sirki), Latofat Sarimsoqova, Rahmon Abduxalilovlar rahbarligidagi dastlabki milliy professional sirk jamoalari tashkil boʻldi. Ularning repertuari, asosan, anʼnaviy uyinlardan iborat boʻlib, ayrim hollarda Yevropa tomoshalarini ham oʻz ichiga olgan. 1920— 30-yillarda Oʻzbekistonda davlat sirklari bilan bir qatorda xususiy sirklar ham faoliyat koʻrsatgan. 1942-yilda Toshkentda birinchi milliy jamoa tashkil etildi. Badiiy rahbari Toshkanboy Egamberdiyev, sahnalashtiruvchi rej.lar Xoʻjayev va N.Baykalov, baletmeyster Ali Ardobus, rassom Sh. Shorahmedov, kompozitor M.Niyozov boʻlgan. Uch qismdan iborat teatrlashti-rilgan sirk tomoshasida yetakchi artistlar bilan bir qatorda, anʼanaviy sirk oʻyinchilari xam qatnashgan. 1950—80 yillar oʻzbek sirki jamoasi milliy ruhda ishlangan dasturi bilan koʻpgina mamlakatlarda gastrolda boʻldi. 1950-yildan Toshkentda "Sahnadagi sirk" koʻchma korxonalar Direksiyasi ish boshladi. 20-asrda oʻzbek sirkining rivojlanishiga Toshkanboyevlar, Zarifovlar sulolasi, Xoʻjayevlar, Madaliyevlar sulolasi, Akrom Yusupov, T.I.Zastavnikov, P.A.Borovikov, X.Musin, Qodir-Gʻulom (V.K. Yanushevskiy), Rahmonovlar salmoqli hissa qoʻshdilar.

Mustaqillik davrida oʻzbek sirki xalqaro sirk maydoniga chiqib, munosib urin egalladi. Uning repertuari birmuncha kengayib, zamonaviy tomoshabinlar talabiga mos yangi sirk tomoshalari bilan boyidi. Milliy ruhda sahnalashtirilgan, anʼanaviy va zamonaviy tomoshalar 20 ga yaqin mamlakatlarda namoyish etildi. Nufuzli xalqaro festival va kurik-tanlovlarda muvaffaqiyatli qatnashdi. 1991-yildan "Oʻzbekdavlatsirk" Respublika birlashmasi faoliyat kursatmoqda. Poʻlat Toshkanboyev.

Oʻzbekistonda ham sirk sanʼatiga eʼtibor katta, Toshkentda Toshkent Davlat Sirki faoliyat koʻrsatadi.

Yana qarang




Strategi Solo vs Squad di Free Fire: Cara Menang Mudah!