Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page
Available for Advertising

Sigrid Undset

Sigrid Undset
Tavalludi 20-may 1882[1][2]
Vafoti 10-iyun 1949[3][1]
Ijod qilgan tillari Norveg tili[1]
Fuqaroligi Norvegiya

Sigrid Undset (1882-yil 20-may - 1949-yil 10-iyun) - Daniyada tug'ilgan norvegiyalik yozuvchi. 1928-yilda adabiyot bo'yicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan[4].

Daniyada tavallud topgan, Norvegiyada ulg'aygan Undset o'zining birinchi tarixiy fantastika kitoblarini 1907-yilda nashr etgan. 1940-yilda fashistlar Germaniyasiga qarshiligi, Germaniyaning Norvegiyaga bostirib kirishi hamda bosib olinishi tufayli Norvegiyadan Qo'shma Shtatlarga qochib ketgan. Ammo 1945-yilda Ikkinchi Jahon urushi tugaganidan so'ng vataniga qaytib kelgan.

Hayoti

Sigrid Undset 1882-yil 20-mayda Kalundborg (Daniya) kichik shaharchasida onasi Sharlotta Undsetning (1855–1939) qizlik uyida tavallud topgan. Uning ikki singlisi bor edi. Ikki yoshida oilasi bilan Norvegiyaga ko'chib o'tdi.

Undset Norvegiya poytaxti Osloda (1925-yilgacha ma'lum boʻlgan Kristianiyada) ulg'aygan. U bor-yoʻgʻi 11 yoshligida, otasi, norvegiyalik arxeolog Ingvald Martin Undset (1853–1893) uzoq davom etgan kasallikdan soʻng 40 yoshida vafot etdi[5].

Oilasining iqtisodiy ahvoli sababli Undset universitetda ta'lim olishdan umidini uzishga to'g'ri keldi va bir yillik kotiblik kursidan so'ng, 16 yoshida Kristianiyadagi muhandislik kompaniyasida kotib bo'lib ishga kirdi. U yerda 10 yilga yaqin faoliyat yuritdi[6][7].

1907-yilda Norvegiya Mualliflar uyushmasiga a'zo boʻlgan va 1933-yildan 1935-yilgacha uning Adabiy kengashini boshqargan. 1935-yildan 1940-yilgacha ittifoq raisi sifatida faoliyat ko'rsatgan[8].

Manbalar

  1. 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. // (unspecified title)
  4. Bliksrud. „Sigrid Undset“. Nbl.snl.no (2014-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 11-noyabr.
  5. Solberg. „Ingvald Undset“. Nbl.snl.no (2014-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 11-noyabr.
  6. Anderson. „Sigrid Undset“. Go Norway. 2021-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-mart.
  7. Pedersen. „An extraordinary woman: The life of Nobel Laureate Sigrid Undset“. The Norwegian American (2017-yil 25-iyul). 2018-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-mart.
  8. „Undset, Sigrid“ (en-GB). Nordic Women's Literature. Qaraldi: 2020-yil 10-fevral.


Kembali kehalaman sebelumnya