Hermann Karl Hesse (1877-yil 2 iyul – 1962-yil 9-avgust) – nemis-shveyts shoir, yozuvchi va rassom. Hessen Germaniyaning Svabiyaning Qora oʻrmon hududida Svabiyada tugʻilgan. Uning onasi sababli sheʼriyatga, musiqaga ishtiyoqi baland boʻlgan Qolaversa, uning poliglot bobosi Hessega yaxshi taʼsir oʻtkazgan.
Yoshligida u biroz muddat seminariyada tahsil olgan, ammo ruhiy tushkunlikka tushib qolgani sababli bir marta oʻz joniga qasd qilishga uringan va sanatoriyada davolangan. Oxir-oqibat, Hesse gimnaziyani tugatadi va imtihonlarini 1893-yilda toʻliq topshirgan. Keyinchalik, u avtodidakt boʻlib qoladi va ilohiy risolalarga qiziqishi ortadi. Natijada, yunon mifologiyasini, Iogann Volfgang fon Gyoteni, Gottold Efraim Lessingni, Fridrix Shillerni va Fridrix Nitssheni ishtiyoq bilan oʻqiy boshlagan. Uning ilk sheʼriy va nasriy asarlari 1890-yillarda va 1900-yillarning boshlarida nashir qilina boshlangan. Uning ilk romani „Peter Camenzind“ romani 1904-yilda nashr etilgan.
1946-yilda adabiyot boʻyicha Nobel mukofotini olgan.
Taʼlimi
Hesse Esslingen am Neckardagi kitob doʻkonida shogirdlikni boshlaydi, lekin uch kundan soʻng u yerni tark etgan. Keyin, 1894-yil yozining boshida u Kalvdagi soat minoralari zavodida 14 oy davomida shogirdlik qiladi.
Yozuvchi boʻlishi
1895-yil 17-oktyabrda Hesse Tyubingendagi ilohiyot, filologiya va huquq boʻyicha maxsus toʻplamga ega boʻlgan kitob doʻkonida ishlay boshlagan[2]. Hessening vazifasi kitoblarni tartibga solish, qadoqlash va arxivlashdan iborat boʻlgan. Har oʻn ikki soatlik ish kuni tugagandan soʻng, Hesse ijod qilishni davom ettirar va yakshanba kunlarini doʻstlar bilan emas, balki kitoblar bilan oʻtkazgan. Hesse avval teologik asarlarni, keyinchalik Gyote, Lessing, Shiller va yunon mifologiyasini oʻrgangan. U Nitssheni 1895-yilda oʻqishni boshlagan[3] va bu uning koʻpgina romanlariga katta taʼsir koʻrsatgan[4].
Oʻlimi
Umrining soʻnggi yigirma yilida Hesse koʻplab qisqa hikoyalar (asosan bolaligi haqidagi xotiralar) va sheʼrlar (koʻpincha tabiat ularning mavzusi boʻlgan) yozgan. Shuningdek, Hesse yozishdan uzoqlashgani haqida istehzoli asarlar yozgan va koʻp vaqtini akvarelga boʻlgan qiziqishini izlashga sarflagan. Shuningdek, Hesse Nobel mukofoti natijasida olingan doimiy maktublar oqimi bilan mashgʻul boʻlgan. U 1962-yil 9-avgustda 85 yoshida vafot etgan va Gentilino shahridagi SantʼAbbondio qabristoniga dafn qilingan. U yerda uning doʻsti Hugo Ball va dirijyor Bruno Walter ham dafn etilgan[5].
Mukofotlari
1906: Bauernfeld-Preis
1928: Venadagi Shiller jamgʻarmasining Mejstrik-Preis mukofoti