Serxio Leonel Aguero del Kastilyo (ispancha: Sergio Leonel Agüero del Castillo) 1988-yil 2-iyunda Buenos-Ayresning Quilmes provinsiyasida tugʻilgan. Serxio Aguero Argentinalik futbolchi, „Independiente“, „Atletiko Madrid“, „Manchester City“ va „Barcelona“ klublarida, shu bilan birgalikda, Argentina terma jamoasida hujumchi sifatida toʻp surgan. 2003-yilning 5-iyulida 15 yoshli Serxio Aguero Argentina chempionatida debyut qilgan eng yosh futbolchiga aylangan. Hamda shu tariqa Diego Maradonaning 1976-yildan buyon egallab turgan avvalgi rekordini yangilagan[1]. Oʻyinlar paytida Serxio Aguero odatda formasida Kun Aguero laqabidan foydalangan (ispancha: Kun Agüero)[2].
Serxio Aguero Argentinaning oʻsmirlar va yoshlar terma jamoasiga 17 yoshli (2005-yilda) hamda 20 yoshli (2007-yilda) oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatlariga chaqirilgan va ikkala marta ham gʻalaba qozongan. 2008-yilgi Pekin Olimpiadasida Argentina terma jamoasi safida toʻp surgan va u yerda oltin medallarni qoʻlga kiritgan va yarim finalda Braziliyaga qarshi oʻyinda ikkita gol urishga muvaffaq boʻlgan[3]. U 2010-yil, 2014-yil (kumush) va 2018-yilda uchta jahon chempionatlarida ishtirok etgan. U jahon chempionatlarida maydonga tushib, jami 12 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol kiritgan. 2011, 2015 (kumush), 2016 (kumush), 2019 (bronza) va 2021-yillarda (oltin) Amerika kuboklarida ishtirok etgan.
Aguero 2006-yilda Yevropaga, Ispaniya chempionatining„Atletiko Madrid“ jamoasiga „Independiente“dan 23 million yevro evaziga oʻtgan. Bu yerda u 234 ta oʻyinda 101 ta gol kiritgan. 2010-yilgi Yevropa ligasi va UEFA Superkubogini qoʻlga kiritgan. 2011-yil iyul oyida u 35 million funt sterling evaziga „Manchester City“ safiga koʻchib oʻtgan[4][5]. Oʻzining debyut mavsumida u soʻnggi tur oʻyinida 94-daqiqada „Queens Park Rangers“ darvozasiga gʻalaba toʻpini kiritib, jamoaga 44 yil ichida birinchi liga chempionligini qoʻlga kiritishiga yordam bergan. 2012-yilda u „Manchester City“ muxlislari tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb eʼtirof etilgan. U „Manchester City“ tarixidagi eng yaxshi toʻpurar hisoblanadi.
Hayoti
Birinchi qadamlar
Serxio Aguero Buenos-Ayresning chekkasida joylashgan Quilmes shahridagi katta oilada tavallud topgan.
"Independiente" tarkibida
Serxio Aguero „Independiente“ bolalar jamoasi tarkibida Argentina chempionligini qoʻlga kiritgan[6]. Tez orada Argentina yoshlar terma jamoasi murabbiyi Fransisko Ferraro unga eʼtibor qaratgan. Hamda 17 yoshli Aguero Gollandiyada boʻlib oʻtadigan 20 yoshli jahon chempionatiga borishga daʼvogarlik qilgan. U jamoadagi eng yosh oʻyinchi boʻlgan. Oʻyinchilarning asosiy qismi 1985—1986-yillarda tavallud topgan futbolchilar boʻlgan. Va faqat Messi 1987-yilda, Aguero esa 1988-yilda tugʻilgan. Turnir qahramoni 5 ta gol urib, Argentinaning turnirdagi gʻalabasiga asosiy hissa qoʻshgan Lionel Messi boʻlgan. Aguero 4 marta, shu jumladan finalda ham zaxiradan maydonga tushirilgan. Aynan Nigeriya bilan hal qiluvchi bahsda u penaltini ishlab, Messi gʻalaba golini kiritgan.
Apertura-2005da Aguero 9 ta gol kiritgan hamda Independiente jamoasidagi bir muddat davom etgan omadsiz yillardan soʻng 4-oʻrinni qoʻlga kiritgan. Klausura-2006 musobaqasida ham xuddi shunday yaxshi oʻyin oʻtkazgan hamda yana 9 ta gol kiritishga muvaffaq boʻldi.
2006-yil 30-mayda Aguero „Independiente“ tomonidan „Atletiko Madrid“ga 23 million yevroga sotilgan. Avvaliga Aguero asosan zaxiradan maydonga tushgan. Ammo shunga qaramay Serxio Aguero tez orada asosiy tarkibdan joy olgan. U 3-turda Bilbaoda mahalliy „Atletik“ jamoasiga qarshi oʻyinda birinchi golni kiritgan. Oltinchi raundda u „Rekreativo“ darvozasiga gʻalaba toʻpini kiritgan.
Atletiko Madrid
"Manchester Siti"
Argentina terma jamoasi
2010-yilning 4-yanvarida Aguero „Atletiko“ bilan shartnomasini 2014-yilgacha uzaytirgan hamda yiliga 5,8 million yevro maosh olishga kelishgan[7].
Londonning „Tottenxem“ klubi yanvar oyi oxirida „Atletiko“ga Agueroni 45 million yevro evaziga sotib olish taklifi bilan chiqqan. Biroq Madrid klubi futbolchini oʻzida saqlab qolib, xaridor jamoaga rad javobini bergan[8].
Argentina terma jamoasining Amerika Kubogi-2011dagi chiqishlari tugaganidan soʻng, Aguero „Atletiko“ safiga qaytmagan, lekin „Atletiko“ va „Manchester City“ oʻrtasidagi muzokaralar natijalarini kutish uchun uyda qolgan. 26-iyul kuni Aguero shaxsiy shartnoma imzolash va tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun Manchesterga uchib ketgan. 28-iyul kuni u tvitterda „Manchester City“ futbolchisiga aylanganini va besh yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan[10]. Agueroning transferi „Manchester City“ning eng qimmat xaridiga aylangan. Klub argentinalik futbolchi uchun 2008-yilda braziliyalik hujumchi Robinyo transferidan koʻra koʻproq pul toʻlagan, oʻshanda Serxio Agueroga „fuqarolar“ taxminan 37 million yevro sarflagan.
2015-yil 3-oktabr kuni Premer-liga oʻyinida Aguero „Newcastle United“ darvozasiga 20 daqiqada 5 ta gol kiritgan (6:1).
2016-yilning 16-sentabrida u „Manchester City“ bilan shartnomasini 2020-yilgacha uzaytirgan[11].
2019-yilning 25-avgustida Aguero oʻzining professional faoliyatidagi 399 va 400-gollarini „Bornmut“ ustidan mehmondagi oʻyinida kiritgan[12].
2021-yilning 29-martida Agueroning shartnomasi tugashi munosabati bilan mavsum oxirida „Manchester City“ni tark etishi eʼlon qilingan[13]. 2021-yilning 21-mayida Aguero „Barcelona“ bilan ikki yillik shartnoma imzolashga rozi boʻlgani xabar qilingan[14].
"Barselona"
2021-yilning 31-mayida Aguero „Barcelona“ bilan ikki yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilindi. Shartnoma 2021-yil 1-iyuldan kuchga kirgan[15].
2021-yil 30-oktabr kuni „Alaves“ga qarshi oʻyinda Aguero koʻkrak qafasidagi ogʻriq tufayli almashtirilgan. Tekshiruvda hujumchida taxikardiya aniqlangan[17].
2021-yilning 15-dekabrida Aguero yuragi bilan bogʻliq muammolar tufayli faoliyatini tugatganini rasman eʼlon qilgan[18].
Argentina terma jamoasi
2019-yilning yozida Serxio Braziliyada boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etish uchun terma jamoaga taklif qilingan. Guruh bosqichining uchinchi bosqichida Qatarga qarshi oʻyinda u 82-daqiqada gol kiritgan va jamoasi 2:0 hisobida gʻalaba qozongan. Uchinchi oʻrin uchun Chili bilan oʻyinda esa 11-daqiqada gol urgan va jamoasi 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, turnirning uchinchi jamoasiga aylangan.
Yutuqlar
Serxio Aguero milliy terma jamoa tarkibida 101 ta oʻyinda 41 ta gol kiritgan. 60 ta gʻalabaga erishib, 24 ta durang qayd etgan hamda 17 magʻlubiyatga uchragan.
Maʼlumotlari
Intertoto kubogi sohibi: 2007-yil
UEFA Yevropa ligasi gʻolibi: 2010-yil
UEFA Superkubogi gʻolibi: 2010-yil
Manchester City
Angliya chempioni (5): 2011-2012, 2013-2014, 2017-2018, 2018-2019, 2020-2021
Angliya kubogi gʻolibi: 2018-2019
Angliya Superkubogi gʻolibi (3): 2012, 2018, 2019
Futbol Ligasi kubogi sohibi (6): 2013-2014, 2015-2016, 2017-2018, 2018-2019, 2019-2020, 2020-2021
Oltin butsa belgisi mukofoti sovrindori: 2014-2015
PFA muxlislari uchun yilning eng yaxshi futbolchisi: 2014-yil
Yilning PFA jamoasiga kiritilgan (2): 2017-2018, 2018-2019
Faktlar
U Argentina birinchi divizioni tarixidagi eng yosh futbolchi boʻlib, 15 yoshu 35 kunligida (2003-yil 7-iyulda „Independiente“ tarkibida „San Lorenso“ga qarshi oʻyinda maydonga tushib, Diego Maradonaning rekordini yangiladi.
„Kun“ taxallusi kelib chiqishining bir versiyasi: Serxio doimiy ravishda Kum Kum ismli bir yapon multfilmi qahramonini tasvirlashga harakat qildi, ammo aka-uka qahramonning ismini toʻgʻri talaffuz qila olmadi va bu „Kun“ boʻlib chiqdi[22].
U 15 ta sovrin bilan „Manchester City“ning eng titulli futbolchisi[23].
Angliya Premer-ligasida besh marta gʻalaba qozondi — bu turnir tarixidagi boshqa barcha janubiy amerikalik oʻyinchilardan koʻp[24].