Ebenezer Assifuah oʻz faoliyatini vatanida boshlagan va u yerda „Sekondi Wise Fighters“ va „Liberty Professionals“ klublarida muvaffaqiyatli oʻynagan. Yoshlar o‘rtasidagi Afrika kubogidagi muvaffaqiyatli o‘yindan so‘ng unga Italiyaning“Udinese” klubi qiziqib qoldi. 2013-yilning yozida, yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatidan soʻng, Ebezener Shveytsariyaning „Sion“ jamoasi bilan besh yillik shartnoma imzoladi. 25-sentyabr kuni Shveysariya Superligasida „Lozanna“ga qarshi debyut qildi[2]. 28-sentyabr kuni „Bazel“ga qarshi bahsda Ebenezer Assifuah „Sion“ safida ilk golini urdi[3]. 2015-yilda Ebezener klubga Shveysariya kubogini yutishda yordam berdi. 1-oktyabr kuni Yevropa ligasi doirasida Angliyaning „Liverpool“ klubiga qarshi o‘yinda u gol urdi[4].
2017-yilning 18-yanvarida Ebenezer Fransiyaning „Gavr“ klubiga o‘tib, 3,5 yillik shartnoma imzoladi.
2020-yil 5-iyunda u „Po“ bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[5][6].
Xalqaro faoliyati
2013-yilda Gana yoshlar terma jamoasi tarkibida Ebenezer Assifuah Turkiyadaoʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻldi. Amerikaliklar, iroqliklar, chililiklar va fransuzlarga qarshi bahslarda Ebenezer oltita gol urdi va musobaqaning eng yaxshi toʻpurari boʻldi.
2016-yilning 27-may kuni Ebenezer Assifuah Gana terma jamoasi safida Mozambikka qarshi 2017-yilgi Millatlar Kubogi saralash o‘yinida debyut qildi[7].
2017-yilda Ebenezer Assifuah Gabonda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etdi. Turnirda u zaxiradan maydonga tushirilmagan.