Qish moʻtadil mintaqalarda dekabr, yanvar va fevral oylarini oʻz ichiga oladi. Qish faslining astronomik davomiyligi urtacha 89,0 sutkadan iborat. Qishning boshlanishi deb Quyoshning qishki turish nuqtasidan oʻtishi kunlari (21—22-dekabr) qabul qilingan. Oʻzbekistonda qish fasli xiyla sovuq keladi. Eng sovuq oy — yanvarning oʻrtacha temperaturasi tekisliklarda (Ustyurt. Churuk stansiyasi) — 10°, janubi sharqda (Temir, Sherobod) 2—3°, mutlaq past temperatura janubda —25°, —30° va shimoli gʻarbda —35°, —38". Lekin tekisliklarla qishda ham 15—20°, togʻlarda 5—10° gacha iliq kunlar boʻlib turadi (qarang Yil fasllari).