Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi – Oʻzbekiston Respublikasi hukumati, ijro etuvchi hokimiyatning markaziy organi.
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralardan iborat➤. Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari, vazirlar va boshqa rahbarlar faoliyat yuritadi➤.
Qarorgohi – Toshkent shahrining Mustaqillik maydonidagi Hukumat uyi➤.
Vazirlar Mahkamasining huquqiy asoslari Konstitutsiyaning 20-bobida va „Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida“gi (1993-yil 6-may; yangi tahrirda 2003-yil 29-avgust) qonunda belgilangan➤.
Konstitutsiyaga koʻra, Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va maʼnaviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, Oʻzbekiston qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Oʻzbekiston Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini taʼminlaydi. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari ishini muvofiqlashtiradi. Vazirlar Mahkamasi oʻz vakolatlari doirasida:
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyuldagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining bir qator vakolatlariga oʻzgartirishlar kiritildi[1].
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini tayyorlash, tegishli qarorlar loyihalarini, tahliliy, axborot va boshqalar materiallarni tayyorlash vazifalarini bajaradi. Qarorlarning bajarilishini muntazam ravishda tekshirib boradi. Axborot-tahlil departamentlari Vazirlar Mahkamasi apparatining asosiy tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadi:
Vazirlar Mahkamasi apparati ishini apparat rahbari muvofiqlashtirib boradi. Apparat rahbari oʻz maqomi boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosariga tenglashtirilib, Oʻzbekiston Prezidentining farmoni bilan vazifasiga tayinlanadi va boʻshatiladi.
Vazirlar Mahkamasi „Xalq soʻzi“ – „Narodnoye slovo“ gazetalarining hammuassisi (ushbu gazetalar ayni vaqtda Oliy Majlisi gazetalari hisoblanadi), „Pravda Vostoka“ gazetasining muassisidir.
Vazirlar Mahkamasi binosi – Toshkent shahrining Mustaqillik maydonida (1968, meʼmori B. Mezensev va boshqa; muhandisi V. Krichevskiy va boshqalar). 7 qavatli bino temir-beton bloklardan tiklangan, 1-qavati V shaklidagi ustunlardan iborat. Vertikal chiziqlar feruza rang devor yoʻllari bilan binoga ulugʻvorlik baxsh etgan. 1999-yil fevralda sodir boʻlgan qoʻporuvchilik vaqtida shikastlangan bino 2000-yilda taʼmirlangan. Taʼmirlashda binoni mustahkamlash, „Hukumat uyi“ talabiga mos yangi meʼmoriy yechimini hal etishga ahamiyat berilgan. 1-qavati qizil marmar devor bilan berkitilgan. Asosiy kirish eshigi ustidagi tom chizigʻidan chiqib yuqoriga koʻtarilgan oyna devorda respublika gerbi va bayrogʻi oʻrnatilgan. Tillarang oynalari granitlar ishlatilgan poydevor sirtidagi qoplamalar bilan uygʻunlashgan. Binoning ichki qismi ham qayta taʼmirlangan. Ganchkorlik ishlari bajarilgan. Binoning ichki hovlisi piramida shaklidagi maxsus shaffof oynali tom bilan yopilib „qishki bogʻ“ yaratilgan. Bino maydondagi boshqa inshootlar bilan uygʻunlikda majmua hosil qiladi[2].
Vazirlar Mahkamasi tarkibiga:
Vazirlar Mahkamasining Raisi Hukumat faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Bosh vazir:
Bosh vazir boʻlmagan hollarda uning vazifalarini birinchi oʻrinbosar bajaradi.
Vazirlar Mahkamasining aʼzolari:
Vazirlar Mahkamasi yangidan saylangan Oliy Majlis oldida oʻz vakolatlarini topshiradi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga oʻz lavozimi boʻyicha kiradi.