Abul-Hasan Muhammad ibn Ahmad al-Bazdaviy an-Nasafiy (yoki al-Bazdahiy, an-Naxshabiy) (vafoti 943/945) 10-asr boshlarida ismoiliy missioneri boʻlgan ilohiyot olimi. U tax. 937-yilda Somoniylar amiri Nasr II ni ismoiliylikka oʻtkazishga muvaffaq boʻlgan va Somoniylar saroyida Nasr vafotigacha davom etgan ismoiliylar hukmronlik davrini boshlab bergan. Nuh I tomonidan boshlangan ismoiliylarni taʼqib qilish amalyoti davomida, qurbon boʻlgan. Ilohiyotchi sifatida u odatda neoplatonik tushunchalarni ismoiliy ilohiyotiga kiritganlar qatoriga kiradi. Uning taʼlimotlari 9—10-asrlarda Eron yerlarida tubjoy ismoilizmida hukmronlik qilgan, ammo Fotimiylar xalifaligi bilan birlashgan ismoiliy dinshunoslari tomonidan antinomiya deya qoralangan.
Al-Nasafiyning hayoti, asosan, undan keyin yashagan va asosan dushmanona ruhda yozilgan sunniy manbalari, asosan, Ibn an-Nadimning „Kitob al-Fihrist“ va Nizom al-Mulkning"Siyosatnomasi" orqali maʼlum. Bular orasida at-Saʼalibiyning shahzodalar uchun koʻzgu – "Adab al-muluk" ham boʻlib, u 1990-yilgacha nashr etilmagan[1][2]. Uning nisbasidan koʻrinib turibdiki, Muhammad an-Nasafiy Nasaf yoki Naxshab (hozirgi Oʻzbekiston) yaqinidagi Bazda qishlogʻida tugʻilgan[3][4]. 20-asr boshlarida Lui Massinyon va Vladimir Ivanov kabi baʼzi olimlar uning nisbasini „al-Bardaʼiy“ deya oʻqib, Bardadan kelib chiqqanligini koʻrsatishgan, ammo keyinchalik bu notoʻgʻri ekanligi isbotlangan[3].
Barthold, W.. Turkestan Down to the Mongol Invasion, Third, London: Luzac & Co., 1968. OCLC317105274.
Crone, Patricia; Treadwell, Luke „A new text on Ismailism at the Samanid court“, . Texts, documents, and artefacts: Islamic studies in honour of D.S. Richards. Leiden: Brill, 2003 — 37–67-bet. ISBN 978-9-00412864-4.
Stern, S. M. (1960). "The Early Ismā'Īlī Missionaries in North-West Persia and in Khurāsān and Transoxania". Bulletin of the School of Oriental and African Studies23 (1): 56–90. doi:10.1017/s0041977x00148992.
Strategi Solo vs Squad di Free Fire: Cara Menang Mudah!