Meksika — Yangi Zelandiya munosabatlari. Meksika va Yangi Zelandiya oʻrtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlar hisoblanadi. Ikkala davlat ham APEC, OECD va BMT tashkilotlarining aʼzosi hisobalanadi.
Meksika va Yangi Zelandiya davlatlari oʻrtasida diplomatik munosabatlar 1973-yil 19-iyulda oʻrnatilgan. Yangi Zelandiya 1983-yilda Mexiko shahrida elchixonasini ochgan. Meksika Avstraliyadagi elchixonasi nomidan Yangi Zelandiya bilan diplomatik aloqalar olib bordi. 1991-yil dekabr oyida Meksika Vellingtonda oʻz elchixonasini ochdi[1]. Meksika va Yangi Zelandiya mamlakatlari oʻrtasidagi oʻzaro savdo aloqa, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy kabi muhimikkala davlat tamonidan shartnomalar mavjud. Jumladan ikkala mamlakat oʻrtasidagi aloqalarga savdo, investitsiya, tadqiqot-texnologiya, oʻzaro soliq shartnomalari, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi uchun muhim boʻlgan oldi sotdi shartnomalari mavjud.
O‘tgan yillar davomida har ikki davlat o‘rtasida ko‘plab ikki tomonlama shartnomalar imzolangan, jumladan[2][3]:
Meksika prezidentlarining Yangi Zelandiyaga tashrifi [4]
Yangi Zelandiya bosh vazirlarining Meksikaga tashrifi[5]
Meksika Yangi Zelandiyaning Lotin Amerikasidagi eng yirik savdo sherigi (dunyoda 24-oʻrinda) va sut mahsulotlari uchun muhim bozor hisoblanadi. 2014-yilda ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 447 million AQSH dollarini tashkil etdi. Yangi Zelandiya Meksikaga sut mahsulotlari, goʻsht va qishloq xoʻjaligi texnikalarini eksport qiladi. Meksika asosan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Yangi Zelandiyaga eksport qiladi. Yangi Zelandiya Meksikaning yigirma toʻrtinchi eng yirik savdo hamkoridan biri hisoblanadi[6].