Jasurbek Jaloliddinov 2018-yilning 2-avgust kuni Bunyodkorning asosiy tarkibida Oʻzbekiston Superligasining Qoʻqon-1912 klubiga qarshi oʻyinida[2] debyut qildi va Oʻzbekiston chempionati oliy ligasi tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi (debyut paytida u 16 yoshda edi). 2019-yil 6-aprel kuni Navbahorga qarshi oʻyinda klub safidagi ilk golini urdi[3].
2019-yil oktyabr oyida u The Guardian gazetasi[4] tomonidan tuzilgan 2002-yilda tugʻilgan „Jahon futbolining 60 ta eng yaxshi yosh iqtidori“ roʻyxatiga kiritildi.
Lokomotiv (Moskva)
2020-yilning 29-iyul kuni Moskvaning „Lokomotiv“ klubiga oʻtdi. „Temiryoʻlchilar“ bilan shartnoma besh yilga moʻljallangan.[5] Ikki oyni klubda oʻtkazgan Jasur hech qachon maydonga tushmadi, zaxirada bor yoʻgʻi 2 oʻyin bor edi. 2021-yilning 26-yanvarida „Lokomotiv“ bilan shartnoma bekor qilingani maʼlum boʻldi[6].
2020-yilning 13-oktyabr kuni Jasurning Tambov klubiga ijaraga berilgani maʼlum boʻldi[7]. Lekin Jasur ham yangi klubida oʻynamadi, 5 ta oʻyinni zaxirada oʻtkazdi[8].
2021-yilning 6-mart kuni u Oʻzbekistonning Andijon klubi bilan 2022-yilning dekabrigacha shartnoma imzoladi. shu yilninmg yozgi transfer oynasi vaqtida Toshkentning „Lokomotiv“ klubi safiga oʻtdi. 2022-yil yangi mavsum oldidan Qozogʻistonning „Qayrat“ klubi safiga oʻtdi.[9] 2022-yilning 7-iyulida Qayrat Jaloliddinovning ijara muddati tugaganini va u Toshkentning „Lokomotiv“ iga qaytganini tasdiqladi[10][11]. 2024-yilgi mavsum oldidan erkin agentga aylangan Jasur Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan[12].