Harry Potter va Azkaban mahbusi (inglizcha: Harry Potter and the Prisoner of Azkaban) J. K. Rowling qalamiga mansub fentezi janridagi roman boʻlib, Harry Potter romanlari turkumiga mansub uchinchi kitob hisoblanadi.
Kitob ilk bora 1999-yil 8-iyulda Birlashgan Qirollikda Bloomsbury nashriyotida, AQShda esa Scholastic nashriyotida chop etildi.[1][2][3][4]
Romanga asosanlangan holda 2004-yili film ham suratga olinib, ushbu film kino tanqidchilar tomonidan xush qarshilandi va umumjahon boʻylab $796 million daromad qildi. Shuningdek, Electronics Art kompaniyasi tomonidan koʻplab platformalar uchun moʻljallangan videooʻyin ham ishlab chiqarildi.
Sujet
Diqqat! Quyida sujet burilishlari yoki hatto oxiri ham keltirilishi mumkin.
Boblari
- Boyqush pochtasi
- Marge ammaning katta xatosi
- „Tungi ritsar“ avtobusi
- „Teshik qozon“da
- Dementor
- Poʻlat tirnogʻ va choy quyqumi
- Javon ichidagi boggart
- „Semiz xola“ning sarosimasi
- Gʻam-hasratli magʻlubiyat
- Kafanduzd xaritasi
- „Chaqmoq“
- Himoyachi (Patronus)
- „Gryffindor“ning „Ravenclaw“ga qarshi oʻyini
- Jahli chiqqan Snape
- Quidditch boʻyicha final oʻyini
- Professor Trelawneyning bashorati
- It, mushuk va kalamush
- Moony, chuvalchangdum, yumshoqoyoq va shoxdor janoblar
- Lord Voldemortning malayi
- Dementorning boʻsasi
- Hermionening siri
- Yana boyqush pochtasi
Oʻzbekcha tarjimasi
Harry Potter va Azkaban mahbusini oʻzbek tiliga Shokir Dolimov tarjima qilgan. Roman oʻzbek tilida ilk bor 2018-yil Toshkent shahrida „Navroʻz“ nashriyotida chop etilgan. Nashrga tayyorlovchi va iqtiboslar va izohlarni tayyorlovchi — Ergashboy Matyoqubov, bosh muharrir — Alisher Ravshanov va musahhih — Lolaxon Qoʻziboyeva.[5]
Manbalar
Havolalar