Eroniy taqvim yoki Quyoshli hijra (forscha: تقویم هجری شمسی؛ سالنمای هجری خورشیدی) — astronomikquyoshlitaqvim (kalendar). Rasmiy taqvim sifatida Eron va Afgʻonistonda qoʻllanadi. Ushbu taqvim mashhur forsfaylasufi, matematiki, astronomi va shoiriUmar Xayyom ishtirokida tuzilgan boʻlib, hozirgi vaqtga qadar bir necha marotaba aniqlashtirilgan. Taqvim hijradan yilboshi sifatida andoza olgan boʻlib, biroq klassik islomiy taqvimdan farqli oʻlaroq quyoshli (yoki tropik) yil bilan butunlay toʻgʻri keladi. Shu sababli eroniy taqvim oylari islomiy taqvimdan farqlanib, faqat yilning oʻsha-oʻsha oylariga toʻgʻri keladi. Eroniy taqvimning boshlanishi, kun va tunning tenglashishi kuni — yaʼni Navroʻz bayramidan (21-mart) boshlanadi.
Tarixi
Qadimgi fors taqvimi
Qadimiy forslar taqvimida, xuddi qadimgi hind taqvimi kabi oltita fasl mavjud boʻlib, har bir fasl qariyb ikki oyga toʻgʻri kelgan. Qadmigi forslar madaniyati Mesopotamiya madaniyati bilan kesishgan davrdan boshlab, ikki madaniyat taqvimi qariyb bir xil koʻrinishga kelgan. Ushbu taqvimda yil kun va tun birlashishi kunida boshlanib, 12 oydan iborat boʻlgan. Har bir oy 29 yoki 30 kunni tashkil etgan. Umumiy hisobda bir yil ushbu taqvimda 354 kundan iborat boʻlgan. Tropik yil bilan farq oʻrnini bosish uchun har olti yilda oʻn uchinchi oy qoʻshilgan[1].
Saljuqiylar sulolasidan (1038–1194) chiqqan va Jaloliddin Malikshoh I (1055-1092) nomi bilan mashhur podshoh. 1072–1092 yillari hukmronlik qilgan. Uning davrida Isfahondagi rasadxonada Umar Xayyom va zamonasining boshqa buyuk olimlari tomonidan tuzilgan taqvim. Ushbu taqvim Jaloliddin Malikshoh laqabiga atab, Jaloliy taqvimi deb yuritilgan.
Xoniy taqvimi
Oʻn ikki yilli hayvonot yillari
XIII-asrda Yaqin SharqMoʻgʻullar istilosi tufayli ularga boʻysundirilgan edi. Moʻgʻullarning ushbu istilosi natijasida ular tomonidan Yaqin Sharqqa qadimiy Xitoy madaniyatidagi oʻn ikki yillik hayvonot yillari kirib keldi. Ushbu taqvimdagi yillarda har bir yil muayyan hayvonga bagʻishlangan edi. Moʻgʻullar keltirgan yangilik Yaqin Sharqda darrov ommaboplikni qoʻlga kiritmadi, ammo keyinroq oʻsha yerdagi xalqlarning taqvimiga kirib bordi va ushbu taqvimlarning ajralmas qismiga aylandi. Aynan oʻsha paytlarda islomiy taqvimda ushbu oʻn ikki yillik hayvonot yillari kirib borishga ulgurgan edi.
1922-yilda Afgʻonistonda Erondagi islohotlar qabul qilinadi va ushbu taqmiv Afgʻoniston hududida rasmiy taqvim deb eʼlon qilinadi. Bundan oldin ushbu mamlakatda oyli hijriy taqvim ishlatilib kelinar edi. Oylar nomlari sifatida esa burjlar nomlari ishlatilgan. Yangi taqvimda oylar nomlari Afgʻonistonning ikki davlat tillaridan biri — dariy tilida xuddi Erondagi fors tilidagidek nomlanadi. Afgʻonistondagi yana bir davlat tili — pushtu tilida esa oylar nomlari fors tilidan oʻgirilgan.
Juma — (forscha: جمعه) Juma, baʼzida Odina (forscha: آدینه).
Hafta kunlarining nomlanishi yakshanbadan boshlab to payshanbagacha shanba soʻziga qoʻshimcha son nomi (fors tilida) qoʻshiladi va shu tariqa ushbu kunlar nomlari kelib chiqadi. Masalan: yakshanba — «birshanba», dushanba — «ikkishanba», seshanba — «uchshanba». Juma kuni nomlanishi esa arab tilidan kelib chiqgan boʻlib — majlis (musulmonlardagi anʼanaviy juma namozi nazarda tutiladi) degan maʼnoni bildiradi.