„DuckTales“ — Matt Youngberg va Francisco Angones yaratgan animatsion teleserial. Disney Television Animation studiyasi mahsuloti. 1987-yilda ishlangan ayni nomli multserialning rebut versiyasi. Serial voqealari Duckburg (talaffuzi: Dakburg) nomli xayoliy shaharda boʻlib oʻtadi. Unda Scrooge McDuck (milliarder oʻrdak) va oilasining umumjahon boʻylab boshdan kechirgan turli-tuman sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi.
Serial 2017-yilning 12-avgustida Disney XD telekanalida birinchi marta efirga uzatilib, 2018-yilgacha berib borilgan. 2018-yilning mayidan 2019-yilning sentyabrigacha Disney Channel telekanalida efirga uzatilgan. Keyinchalik, yana Disney XD telekanalida 2021-yilga qadar berib borilgan. Bu vaqt davomida serial 3 mavsumga boʻlinib, jami 69 ta qism tayyorlangan. „DuckTales“ tanqidchilar va omma tomonidan xush qarshilangan.