Abrikosov 1928-yil 25-iyunda Sovet Ittifoqining Moskva shahrida, AlekseyAbrikosov va Fani Abrikosova (qizlik familiyasi Wulf) oilasida tugʻilgan. 1948-yilda Moskva davlat universitetini tamomlagan . 1948-1965-yillarda SSSR Fanlar akademiyasining Fizik Masalalar institutida ishlagan. U yerda fan nomzodi ilmiy darajasini olgan. 1951-yilda plazmadagi issiqlik diffuziya nazariyasi uchun, soʻngra yuqori energiyalarda kvant elektrodinamika boʻyicha dissertatsiya uchun 1955-yilda fizika-matematika fanlari doktori („oliy doktorlik“) ilmiy darajasini oldi.
1991-yildan nafaqaga chiqqunga qadar AQShning Illinoys shtatidagiArgonna milliy laboratoriyasida ishlagan. Abrikosov Argonning Materialshunoslik boʻlimidagi Kondensirlangan moddalar nazariyasi guruhida taniqli olimi edi. Nobel mukofotini olganida, uning tadqiqotlari magnit maydon taʼsirida elektr toki oqimi qarshiligini oʻzgartiradigan baʼzi materiallarning xususiyati boʻlgan magnit qarshilikning kelib chiqishiga qaratilgan[7][8].
Sovrinlari va mukofotlari
Abrikosov 1966-yilda Lenin mukofoti, 1972-yilda Frits nomidagi London xotira mukofoti, 1982-yilda SSSR Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. 1989-yilda Rossiya Fanlar akademiyasining Landau mukofotiga sazovor boʻldi. Bundan ikki yil oʻtib, 1991-yilda Abrikosov Sony korporatsiyasining Jon Bardin mukofotini qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili u Amerika sanʼat va fanlar akademiyasining xorijiy faxriy aʼzosi aylandi[9]. U 2003-yilda fizika boʻyicha Nobel mukofotiga munosib koʻrildi. U, shuningdek, London Qirollik akademiyasining aʼzosi, Amerika fizika jamiyati aʼzosi boʻlgan va 2000-yilda nufuzli Milliy fanlar akademiyasiga saylangan[1]. Qolaversa, quyidagi boshqa mukofotlarni ham qoʻlga kiritgan:
Abrikosov shifokorlar Aleksey Ivanovich Abrikosov (1875-1955) va uning ikkinchi xotini Faniya Davidovna Woolfning (1895-1965) oʻgʻli edi. Otasi orqali Abrikosov katolik rohibasi Anna Abrikosovaning (1882-1936) jiyani edi.
Uning singlisi Mariya Alekseevna Abrikosova (1929-1998), shifokor edi.
Svetlana Yuriyevna Bunkova bilan turmush qurgan va 3 nafar farzand ko‘rishgan[5][12].
U 2017-yil 29-martda Kaliforniyada 88 yoshida vafot etgan.