As-Sayyida al-Muʼiziyya, asosan Durzon nomi bilan tanilgan[1], Fotimiylar xalifasi al-Mu’izning[2] asosiy turmush oʻrtogʻi va Fotimiy imom-xalifasi al-Aziz Billohning onasi[3][4]. Fotimiy meʼmorchiligining birinchi homiysi sifatida tanilgan. Durzon Qohiradagi ikkinchi buyuk Fotimiylar masjidi va Qarafada joylashgan jamoat masjidiga (bugungi kunda mavjud emas) asos solgan[6].
Biografiyasi
Durzon 955-yilda Tunis sohilidagi Mahdiya shahrida tugʻilgan. Fotimiylar saroyiga qul yoki jariya sifatida olib kelingan. Manbalarga koʻra, Durzon juda chiroyli qoʻshiq aytganligi uchun unga „Tagʻrid“ deya nom berilgan (soʻzma-soʻz 'Qushdek kuylovchi'). Fotimiylarning koʻplab manbalari yoʻq qilingan boʻlsa-da, xalifalik homiyligining kengligini tasdiqlovchi moddiy dalillar va adabiy manbalar mavjud.
976-yilda[8] Durzon qizi Sitt al-Mulk bilan Jomiy al-Qarafa masjidini qurish ishlarini boshlagan. U, shuningdek, qasr (saroy), hammom, suv havzasi va maqbara qurilishlariga ham homiylik qilgan[9].
Tarixchilar Delia Cortese va Simonetta Calderini Fotimiy ayollarining jamoat vakillari tomonidan foydalaniladigan meʼmorchilik yodgorliklariga homiylik qilishi va Fotimiylar hukmronligining nozik dastlabki bosqichida taqvo, diniy targʻibot va xayriya ishlari oʻrtasidagi bogʻliqlikni taʼkidlagan.
973-yilda Qohirada xalifalikning yangi qurilgan saroyiga koʻchib oʻtgan Durzon 995-yilda vafot etgan. Manbalarga koʻra, uning vafotidan keyin qizi Sitt al-Malik bir oy motam tutgan.
Manbalar
Adabiyotlar