Zayd ibn Habbob |
Shaxsiy maʼlumotlar |
---|
Dini |
Islom |
---|
Tanilgan sohasi |
muhaddis |
Abu HusaynZayd ibn Habbob Kufiy — muhaddis, Imom.
(vaf. 819 yil).
Tarjimai holi
Zayd ibn Habbob Abu Husayn Akliy Kufiy bo‘lib, Hofiz, Zohid, Rihol, Javvol[1] deb eʼtirof etilgan ulug‘ muhaddislardan sanalgan.
Zayd ibn Habbob Iroq, Hijoz, Misr va boshqa shaharlarda bo‘lib hadis ilmini o‘rgangan. Muhaddisga berilgan „rihol“ ta’rifi ko‘plab ilm safarida bo‘lgan kishilarga berilgan bo‘lib, sayyoh muhaddislardan degan maʼnoni bildiradi. Zayd ibn Habbob hijriy 203, milodiy 819 yilda Kufa shahrida vafot etgan.
Ustozlari
Zayd ibn Habbob Qurrata ibn Xolid, Sulaymon ibn Yusuf, Ayman ibn Nabildan hadis ilmini o‘rgangan.
Shogirdlari
Zayd ibn Habbobdan hadis rivoyat qilgan muhaddislar ham bir qancha bo‘lib, ulardan Ahmad ibn Hanbal, Yаzid ibn Horun, Ibn Vahhob, Muhammad ibn Rofiy, Salma ibn Shubayb, Yаhyo ibn Abu Tolib kabi muhaddislar e’tirof etiladi.
Eʼtiroflar
Ahmad ibn Hanbal: „Zayd ibn Habbob juda ham ko‘p ilm safarida bo‘lgan ulug‘ muhaddis, faqirlik va nochorlikka undan ko‘ra sabrliroq kishini ko‘rmadim. Muhaddis — Andalusiyada hadis ilmini tarqatgan kishi. Men u kishidan Andalusiya va Kufada hadis tingladim“, — degan.[2]
Adabiyotlar
- Shukurillo Umarov „Abdulhamid Keshiy hayoti va ilmiy merosi“ Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2013 yil.
Manbalar
- ↑ Javvol — juda ham ulug‘ muhaddis.
- ↑ Zahabiy. Tazkirat-l-huffoz. J. 1. -B. 374-375.