Yoxannesburg

Yoxannesburg (inglizcha: Johannesburg) — JARdagi shahar, Transvaal provinsiyasida. Aholisining soni jihatidan mamlakatdagi katta shaharlardan: 1,9 mln. kishi (1991).

Yoxannesburg 1886-yilda oltinga boy konlar yonida vujudga kelgan. 1899—1902-yillardagi Angliya-Burlar urushi davomida Yoxannesburgni inglizlar bosib oldi. 1910-yilda Jan. Afrika Ittifoqi tarkibiga kiritildi. 1955-yildaJan. Afrikaning irqchilikka qarshi kongressi Y.da Ozodlik hartiyasini qabul qildi. Yoxannesburg — JARning eng katta savdo va sanoat markazi. Yirik temir yoʻl tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Y. va uning atrofida metallsozlik, mashinasozlik (kon mashinalari va b.), kimyo, poligrafiya, toʻqimachilik, elektrotexnika, qismlardan avtomobil yigʻish, koʻn va oziq-ovqat sanoati korxonalari, olmosga sayqal beruvchi f-kalar, yirik elektr st-yalar mavjud. Shaharda asosiy kon va moliya konsernlarining boshqarmalari, fond birjalari joylashgan. Un-t, astronomiya rasadxonasi, ratusha binosi (1915), sobor (1926), kutubxona, teatr (1962), banklar va b. bor.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Strategi Solo vs Squad di Free Fire: Cara Menang Mudah!