Tarixiy manbalarda Ye.deganda ancha katta hudud (Chu daryosi vodiysi bilan birga) tushunilgan. Ye. — Markaziy Osiyo madaniyatining qad. markazlaridan biri. Ye.da saklar, keyinchalik usunlar yashagan. Mil. 6-asr oxirlarida Ye.da Gʻarbiy Turk xoqonligi, keyinchalik turkashlar (8-asrning oʻrtalarigacha) va qarluqlar (766 — 940) hukmronlik qilishgan. Ye.ni 10-asrning oʻrtalaridan Qoraxoniylar, 12-asrning 30-y.laridan Qoraxitoylar boshqargan. Moʻgʻullar bosqinchiligi davri (1219—21)da Ye.ning dehqonchilikvohalari va shaharlari qattiqzarar koʻrgan. 16-asrda Ye.da qozoqlarningKatta juzi tashkil topgan. 19-asrning oʻrtalarida Rossiya tomonidan bosib olingan. [1]