Xokkey

Xokkey (inglizcha: hockey) — sport oʻyini. Darvozalar oʻrnatilgan maxsus maydoncha (sahn)da klyushka va toʻp (shayba) bilan jamoa boʻlib oʻynaladi. Oʻyinchilar tomonidan raqib darvozasiga koʻproq toʻp (shayba) kiritish maqsad qilib qoʻyiladi. Xokkeyning 3 ta asosiy turi bor: chim ustida Xokkey, muz ustida oʻynaladigan toʻpli Xokkey, shaybali Xokkey

Chim ustida Xokkey maydonining oʻlchami 91,4x55 m, klyushkasining ogirligi 652—794 g, toʻpining ogʻirligi 156—163 g, oʻyin vaqti 90 min. (45 min.dan 2 boʻlim). Musobaqalashayotgan 2 jamoada 11 tadan oʻyinchi qatnashadi. Chim ustida Xokkeyga oʻxshash oʻyinlar mil.dan 2 ming yil avval ham Misr, Yunoniston, Oʻrta Osiyo va boshqa joylarda mavjud boʻlgan. Oʻrta Osiyoda chorvadorlar oʻrtasida avval tosh bilan oʻynaladigan podachi, keyinroq ot minib oʻynaladigan chavgon ommalashgan. Chavgon Boburiylar saltanati davrida Hindistonda keng tarqalgan. 19-asr ning 2-yarmida Buyuk Britaniyada chim ustida Xokkey klublari tuzildi. 1875 yilda London Xokkey uyushmasi tomonidan chim ustida Xokkeyning zamonaviy oʻyin qoidalari ishlab chiqildi. Bu qoida 1907 yilda tasdiklandi. Chim ustida Xokkeyning erkaklar musobaqasi 1908 yildan, ayollar musobaqasi 1920 yildan olimpiada dasturiga kiritilgan. 1924 yilda Xalqaro Xokkey federatsiyasi (FIH) tashkil etilgan, unga 120 davlat aʼzo (2003). Bu federatsiya 1970 yildan erkaklar oʻrtasida, 1973 yildan ayollar oʻrtasida jahon chempionatlari oʻtkazadi. Chim ustida Xokkey Hindiston, Pokiston, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gollandiyada rivojlangan.

Oʻzbekistonda chim ustida Xokkey 20-asrning 70-yillaridan ommalasha boshladi. 1972 yilda Andijonda dastlabki chim ustida Xokkey jamoasi tuzildi. 1973 yildan erkaklar, 1975 yildan ayollar oʻrtasida chim ustida Xokkey musobaqalari utkazila boshlandi. Respublikada chim ustida Xokkeyga ixtisoslashgan 10 ta bolalar va oʻsmirlar sport maktabi bor, ularda 45 nafar murabbiy qoʻl ostida 1200 nafardan ziyod oʻquvchi shugʻullanadi (2004). Miriman Kim, Oybek Patiddinov, Rinat Mamatkazin, Liliya Mutalapova kabi mahoratli murabbiylar yetakchi Xokkeychilarni tarbiyaladi. Ayniqsa, ayol Xokkeychilar yuqori natijalarga erishdi. Valentina Zazdravnix, Nelliko Gorbatkova, Laylo Axmerova va Alina Xam olimpiada oʻyinlari bronza medali sovrindorlaridir (1980, Moskva). Oʻzbekiston chim ustida Xokkey ayollar terma jamoasi Osiyo oʻyinlari va jahon kubogi finalida qatnashgan.

Toʻpli Xokkey maydonining oʻlchami 90—100 x 50-65 m, klyushkasining uz. 120 sm, qayrilgan qismi 6,5 sm, ogirligi 450 g, toʻpining diametri 6 sm, ogʻirligi 58—62 g, oʻyin vaqti 70 min. (35 min.dan 2 boʻlim). Musobaqalashayotgan 2 jamoada 11 tadan oʻyinchi qatnashadi. Toʻpli Xokkeyga oʻxshash oʻyinlar Yevropaning shim. mamlakatlarida oʻrta asrlarda paydo boʻldi. 1891 yilda Buyuk Britaniyada milliy assotsiatsiya tuzilgan va toʻpli Xokkeyning oʻyin qoidalari ishlab chiqilgan. 1955 yilda Xalqaro toʻpli Xokkey federatsiyasi (IBF) tashkil etilib, toʻpli Xokkeyning oʻyin qoidalari tasdiqlangan. Federatsiya 1957 yildan jahon chempionatlari (1961 yildan 2 yilda 1 marta) oʻtkazib keladi. Rossiya, Shvetsiya, Finlandiya va boshqa davlatlarda toʻpli Xokkey rivojlangan.

Shaybali Xokkey maydonining oʻlchami 51—61 x 24-30 m, klyushkasining uz. 140 sm, qayrilgan qismi 37,5 sm, ogʻirligi 500 g, rezinadan tayyorlangan shaybaning diametri 7,62 sm, qalinligi 2,54 sm, ogʻirligi 150—170 g, oʻyin vaqti 60 min. (20 min.dan 3 boʻlim). Musobaqalashayotgan 2 jamoada 6 tadan oʻyinchi qatnashadi. Shaybali Xokkey 19-asrning 60-yillarida Kanadada paydo boʻlgan va Yevropaning shim. davlatlarida ham keng tarqalgan. 1870 yilda Torontoda shaybali Xokkey assotsiatsiyam tuzildi. 1886 yilda shaybali Xokkeyning oʻyin qoidalari eʼlon qilingan. 1892 yildan Kanadada shaybali Xokkey boʻyicha Stenli kubogi musobaqalari oʻtkazib kelinadi. 1899 yilda Monrealda shaybali Xokkeyga moslashgan dastlabki yopiq sport saroyi qurildi. 1908 yilda Xalqaro muz ustida Xokkey ligasi (LIHG) tashkil etildi. Unga 40 ga yaqin davlat aʼzo (2004). 1924 yildan shaybali Xokkey kishki olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan. 1973 yilda Jahon Xokkey assotsiatsiyasi (WHA)ra asos solindi va Stenli kubogi musobaqalarida kanadaliklar bilan birga AQSH professional klublari qatnasha boshladi. Shaybali Xokkey Kanada, Rossiya, Shvetsiya, AQSH, Chexiya, Finlandiya, Slovakiya davlatlarida rivojlangan.

Manbalar



Strategi Solo vs Squad di Free Fire: Cara Menang Mudah!