Valyuta (ital. valuta, lot. valere — qadrlanmoq, qiymat) — 1) mamlakatning pul birligi va uning turi (oltin, kumush, qogʻoz); 2) chet mamlakatlarning xalqaro muomalada qoʻllanuvchi pullari, shuningdek shu mamlakatlarning pul birligida ifodalangan va xalqaro hisobkitoblarda foydalaniladigan kredit va toʻlov hujjatlari (veksellar, cheklar, banknotlar va b.).
19-asrgacha koʻpchilik mamlakatlarda kumush V. yoki bimetalizm pul tizimi keig tarkalgan edi. 19-asrdan boshlab, avvalo Angliyada, soʻng b. mamlakatlarda oltin V. koʻllanila boshladi. 20-asrning 70-y.laridan boshlab, qogʻoz V., yaʼni oltin va kumushga almashtirilmaydigan banknot va qogʻoz pullar harakterlidir. Ular inflyatsiyaga uchrab turadi, qadrsizlanadi, natijada davlat tomonidan devalvatsiya tadbirlari oʻtkaziladi (qarang Valyuta kursi). Kursi barqaror V.lar qadri baland V.lar deyiladi. V.lar erkin almashtiriladigan (har qanday chet el valyutasiga cheklanmagan miqdorda almashtiriladi, har qanday mamlakatga erkin oʻtkaziladi), qisman almashtiriladigan (V. almashuvi u yoki bu egalar, u yoki bu V. harakatlari bilan chegaralanadi), almashtirilmaydigan (bir mamlakat doirasida amal qiladigan) turlarga boʻlinadi. Xalqaro toʻlov muomalasi erkin almashtiriladigan yoki Xalqaro valyuta fondi belgilagan kurs boʻyicha erkin almashtiriladigan V. bilan bajariladi. Xalqaro valyuta fondi AQSH dollari, Kanada dollari, Yevropa Ittifoqiga aʼzo mamlakatlar V.lari, Shveysariya franki, Shvesiya, Yaponiya va b. bir qator davlatlarning V.larini har qanday mamlakatlar V.siga erkin almashtiriladigan V.ga kiritadi.
Oʻzbekiston Respublikasi milliy V. birligi — soʻm 1994-yil 1 iyuldan muomalaga kiritilgan.