Uy-joy huquqi - fuqarolarning turar joy binolariga ega boʻlish, ulardan foydalanish qoidalari va sh.k.ni tartibga soluvchi huquqiy normalar majmui. Uyjoy koʻchmas mulk hisoblanadi. Oʻzbekiston qonunlariga koʻra, turar joyga boʻlgan mulk huquqi muddatsiz boʻlib, uning mulkdori oʻzga shaxslar (fuqarolar, tashkilotlar yoki davlat)ning huquq va qonuniy manfaatlarini buzmagan holda egalik qilishi, foydalanishi va tasarruf etishi mumkin. Uyjoy xususiy yoki davlat mulki boʻlishi, ayni vaqtda u qonun xujjatlarida belgilangan tartibda mulkchilikning bir shaklidan boshqa shakliga ham oʻtishi mumkin. Uyjoyga boʻlgan xususiy mulk miqdor, oʻlcham va qiymat jihatdan cheklanmaydi. Ayni vaqtda qonunda turar joy maydonining bir kishi hisobiga eng kam ijtimoiy normasi ham belgilanadi. Unga koʻra, uyjoy maydonining ijtimoiy normasi Krraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent sh. hokimliklari tomonidan 1 kishi hisobiga 16 kv m dan, kresloaravachada harakatlanadigan nogironlar uchun esa — 23 kv m dan kam boʻlmagan hajmda belgilanadi. Yangi ajratilgan yer uchastkasida qurilayotgan uyjoyga mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Ajratib berilgan yer uchastkasi davlat mulki boʻlib, u fuqarolarga ashyoviy huquq asosida (yaʼni, meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod ega lik qilish tarzida) tegishli boʻladi. Uyjoy bilan bogʻliq barcha bitimlar (oldisotdi, hadya, "^ ayirboshlash, meros, ijara, garov) yozma shaklda tuzilishi, notarial guvoxlantirilishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Inson huquqlari deb hisoblangan mavzulardan baʼzilari bahsli masaladir; sanab oʻtilgan barcha mavzular ham inson huquqlari sifatida umumeʼtirof etilmagan.