Umar ibn Ali (arabcha: عُمَر بن عَلیّ) – Ali ibn Abu Tolibning farzandlaridan biri. Akasi Husayn ibn Ali bilan Karbaloga borgan va Ashuro kuni oʻldirilgan. Maʼlumotlarga koʻra, Alining Umardan (Umar al-Asgʻar deb ham atalgan) tashqari Umar al-Akbar ismli yana bir oʻgʻli boʻlib, uning onasi Ummu Habib as-Sahba Karbalo jangi vaqtida hayot boʻlmagan.
Nasabi
Ayrim sunniy manbalarda Umarni Umar al-Akbar[1] deya tilga olishgan. Tekonimi Abulqosim[2][3] yoki Abu Hafs boʻlgan. Ayrim tarixiy manbalar onasining ismini Robi’a at-Tagʻlibiyning qizi as-Sahba (Ummu Habib) deya maʼlumot bergan[4] boʻlsa, baʼzilar uning ismini Laylo binti Mas’ud ad-Daramiy deya xabar bergan. Sunniy olim al-Faxr ar-Roziy tomonidan Umar Imom Alining kenja farzandi ekanligi eslatib oʻtilgan[5].
Karbalo jangi
Umar ibn Ali Ashuro kuni Karbalo jangiga kirgan va dushmanga hujum qilgan. Akasining qotili Zahrga hujum uyushtirib, uni oʻldirgan. Sunniy faqihi Axtab Xorazm Umarning ukasi Abu Bakr shahid boʻlganidan keyin oʻldirilganini xabar qilgan. Maʼlumotlarga koʻra, dushman askarlari avval uning otini yiqitgan, keyin esa Umarning oʻzini shahid qilgan[6].
Manbalar