Umar al-Jizzaxiy (arabcha: عمر الديزكى — Umar ibn Shuʼayb ibn Abulqosim as-Sarrom al-Jizzaxiy) — Muhaddis.
Samarqandga qarashli Jizzax qishlogʻida tugʻilgan. Boshlangʻich taʼlimni shu yerda olgan.
Ustozi
Umar al-Jizzaxiy Xoqondagi barcha shaharlarda harbiy qozi boʻlgan. U "Sihoh" toʻplamlari boʻyicha nahvshunos (arab tili grammatikachisi) Abduljabbordan oʻrgangan va hadislar rivoyat qilgan. Shu bilan birga Kalobodiy asaridagi xabarlarning maʼnolarini ham oʻrgangan.
Vafoti
Umar al-Jizzaxiy 525/1131-yili vafot etgan[1].
Adabiyotlar
- Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007.
Manbalar
- ↑ Abu Abdulloh Yoqut Hamaviy. Muʼjam al-buldon. J. 2. — Bayrut, 1979. — B. 526