Umar Sulaymon (arabcha: عمر سليمان; 1896-yilda tug’ilgan) – amerikalik musulmon olimi, fuqarolik huquqlari yoʻnalishida yetakchi, yozuvchi va notiq . U Yaqeen islom tadqiqotlari instituti asoschisi va prezidenti , islomshunoslik kafedrasi professori va Janubiy Metodist universiteti qoshidagi Etika markazi maslahat kengashi aʼzosi hisoblanadi. Hozirda u Valley Ranch islom markazining doimiy stipendiati va tinchlik va adolat uchun koʻp konfessiyali ruhoniylar koalitsiyasi – Thanks-Giving maydonidagi Faith Forward Dallasning faxriy hamraisi sifatida faoliyat olib boradi[3].
Hayoti
Sulaymon 1986 yilda Yangi Orleanda falastinlik oilada tugʻilgan[4].
Sulaymon buxgalteriya hisobi va islom huquqi yoʻnalishida bakalavr, islom moliyasi va siyosat tarixi yoʻnalishida esa magistr darajalariga ega. Malayziya xalqaro islom universitetida islom tafakkuri va sivilizatsiyasi boʻyicha doktorantura bosqichini tamomlagan[5] [6] [7].
Faoliyati
Nyu-Orleanga qaytib borganidan soʻng, u olti yil Jefferson musulmonlari uyushmasining imomi hamda 2005-yil oxirida „Musulmonlar insoniyat uchun“ Katrina toʻfoni oqibatlarini bartaraf etish borasida direktor lavozimida oʻz faoliyatini oliv bordi. U Sharqiy Jefferson dinlararo ruhoniylar assotsiatsiyasiga asos solgan va 2010-yilda Nyu-Orlean hokimi va shahar kengashi tomonidan ajoyib fuqarolik yutugʻi uchun mukofotlangan[8].
2016-yilda u musulmon tadqiqot markazi, Yaqeen islom tadqiqotlari institutiga asos solgan[9] [10] U, shuningdek, MUHSEN (Musulmonlar uchun maxsus taʼlim ehtiyojlarini aniqlash va ularga koʻmak berish) – nodavlat-notijorat tashkilotining asoschisi boʻlib, u nogironlar va ularning oilalariga yaxshiroq xizmat koʻrsatadigan yanada inklyuziv musulmon jamoalarini yaratishga qaratilgan mavzularda edi[11].
Kitoblari
Manbalar
Qoʻshimcha maʼlumotlar