Terence Chi-Shen Tao(talaffuzi: Terens Chi-Shen Tao) (1975-yil 17-iyulda tugʻilgan) — avstraliyalik-amerikalik matematik.
Tao matematikaning turli sohalarida ishlab keladi. Tao 2006-yil Fields medali bilan taqdirlangan.
2007-yil 18-maydan London qirollik jamiyatining aʼzosi. 2008-yildan beri AQSh Milliy fanlar akademiyasining xorijiy aʼzosi va 2009-yildan beri Amerika sanʼat va fanlar akademiyasining aʼzosi. Tao Qirol Faysalning fan boʻyicha xalqaro mukofoti sovrindori. Tao faoliyatining oʻziga xosligi shundaki, u koʻplab matematik bilan juda faol hamkorlik qilib keladi, bir vaqtning oʻzida zamonaviy matematikaning xilma-xil boʻlimlarini oʻrganib keladi hamda oʻz faoliyatini oʻz blogida yoritib keladi.