Taganrog

TaganrogRossiya Federatsiyasi Rostov viloyatidagi shahar (1775-yildan). Azov dengizining Taganrog qoʻltigʻidagi port. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 289,8 ming kishi (1998). Shaharga 1698-yilda Pyotr Ining buyrugʻi bilan qalʼa sifatida asos solingan. Shahar Rossiya Federatsiyasi janubidagi muhim sanoat markazi. 40 dan ortiq sanoat korxonasi ishlab turibdi. Viloyat yalpi sanoat mahsulotining 1/6 qismiga yaqinini shu korxonalar beradi. Mashinasozlik rivojlangan. Metallurgiya zdida poʻlat prokat, quvur ishlab chiqariladi. Bugʻ qozonlari, kombaynlar, kema taʼmirlash, temirchilik, elektrotermik asbobuskunalari zdlari, oziq-ovqat, yengil, shu jumladan, koʻnpoyabzal, qurilish materiallari, kimyo sanoatlari korxonalari bor. Radiotexnika, pedagogika institutlari, kartinalar galereyasi, oʻlkashunoslik muzeyi, A.P.Chexov adabiyot va tarixiymeʼmoriy muzey qoʻriqxonasi, drama teatri mavjud.




Strategi Solo vs Squad di Free Fire: Cara Menang Mudah!