2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 10 kmga marafon suzish musobaqasi 2024-yilning 8-avgust sanasida Sena daryosida boʻlib oʻtgan[1]. Bu musobaqalar 2008-yildan buyon oʻtkazib kelinmoqda.
Erkaklar va ayollar oʻrtasida 10 km masofaga marafon suzish bahslarida 22 nafar suzuvchi ishtirok etgan, bu Tokio-2020 roʻyxatidagidan 3 taga kamroqdir[2][3][4]. Ular quyidagicha saralangan:
3: YaponiyaningFukuoka shahrida boʻlib oʻtgan 2023-yilda suv sporti boʻyicha jahon chempionatida 10 km masofaga suzish boʻyicha uchta medal sohibi
13: QatarningDoha shahrida boʻlib oʻtgan suv sporti boʻyicha 2024-yilgi jahon chempionatida saralash uchun kurashayotgan eng yaxshi oʻn uchta suzuvchi
5: har bir FINA qitʼasidan (Afrika, Amerika, Osiyo, Yevropa va Okeaniya) bittadan vakil.
1: mezbon davlatdan (Fransiya), agar boshqa yoʼnalishlar boʻyicha ishtirok etmayotgan boʻlsa. Agar bir nechta fransuz suzuvchilari toʻgʻridan-toʻgʻri saralashdan oʻtsa, ularning oʻrinlari 2024-yilgi Jahon suv sporti chempionatida eng yuqori reytingni qoʻlga kiritgan suzuvchilar oʻrtasida qayta taqsimlanadi.
Musobaqa formati
Hovuzdagi barcha suzish musobaqalaridan farqli oʻlaroq, erkaklar va ayollar oʻrtasida 10 kmga marafon suzish bahslari ochiq suv inshootida oʻtkaziladi. Dastlabki saralash oʻyinlar oʻtkazilmaydi, faqat bitta mass-start musobaqasi boʻladi. Marafon erkin uslubda suzish boʻyicha oʻtkaziladi, alohida qoidalar mavjud emas[5].