Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page
Available for Advertising

Slavyanlar

Slavyanlar — kelib chiqishi bir va tillari oʻzaro yaqin boʻlgan Yevropa xalqlarining eng yirik guruhi. Uning tarkibiga; sharqiy Slavyanlar (ruslar ukrainlar, beloruslar); gʻarbiy Slavyanlar (polyaklar, chexlar, slovaklar, lujichanlar); janubiy Slavyanlar (bolgarlar, serblar, xorvatlar, slovenlar, makedonlar, bosniyaliklar, chernogoriyaliklar) kiradi. Umumiy soni 293,5 mln. kishi (1990y.lar oʻrtalari), shu jumladan, Rossiya Federatsiyasida 125,5 mln. kishi. Slavyan tillфarida soʻzlashadi. Dindorlari — pravoslavlar, katoliklar, bir qismi protestantlar. Slavyanlar haqida qad. maʼlumotlarga koʻra, ular mil, 1—2-asrlarda venedlar nomi bilan maʼlum boʻlgan. 6-asr oʻrtalarida Prokopiy, Iordan va boshqalarning asarlarida uchraydi. 7-asrning 2-yarmida Slavyanlar arab muallifi Abu Malik alAxtalning asarlarida tilga olingan. Slavyanlarning ajdodlari — slavyan qabilalari hindevropa tillari oilasiga mansub tillarda soʻzlashgan. Ular bodrich, lyutich, polyan, severyan, krivich, ulich, duleb, tiver, xorvat, radimich, dregovich, vyatich va boshqa qabilalardan iborat. Mil. 2—4-asrlarda german qabilalari (gotlar, gepidlar)niig jan.ga siljishi oqibatida Slavyanlar yashagan hudud 2 qismga boʻlinib ketgan. Bu voqea Slavyanlarni sharkiy va gʻarbiy guruhlarga boʻlinishida katta rol oʻynagan. 5-asr oxirida gunnlarning kuchsizlanishi oqibatida Slavyanlar jan. ga siljiy boshlagan. Ular Dunay daryosi, Qora dengizning gʻarbiy sohillari, Vizantiyaning Bolqon yarim oroldagi viloyatlariga kirib borgan. Shu tariqa Slavyanlarning jan. guruhi vujudga kelgan. Janubiy Sda ilk davlat — Birinchi bulgʻor podsholigi, gʻarbiy Sda Samo davlati, keyinchalik Buyuk Moraviya saltanati tashkil topgan. 10-asrda Odra va Visla oʻrtasida Polsha, 9—10-asrning 1-yarmida markazi Kiyev sh. boʻlgan Kiyev Rusi davlati vujudga kelgan. Davlatlarning paydo bulishi slavyan xalqlarining shakllanishiga imkon bergan.

Slavyan xalqlarining uz milliy davlatidan mahrum boʻlishi (jan. va gʻarbiy Slavyanlarning katta qismi Avstriya, keyinroq Avstriya-Vengriya va Usmonli turk imperiyasiga qoʻshib olingan), milliy taraqqiyotidagi qiyinchiliklar, ogʻir iqtisodiy ahvol 19-asrning oxiri — 20-asrning boshida ularning Yevropa mamlakatlari, AQSH va Kanadaga koʻchishiga sabab boʻlgan. Janubiy va gʻarbiy Slavyanlar oʻrtasidagi milliy harakat, RossiyaTurkiya urushi, Birinchi Bolqon urushi (1912)dagi Avstriya-Vengriyaning magʻlubiyati natijasida Slavyanlarning etnik hududlari qaytadan birlashtirshgan.

Slavyanlar dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik va baliq ovlash bilan shugʻullanadi.




Kembali kehalaman sebelumnya