Sil

Sil

Sil bilan ogʻrigan bemor rentgenogrammasi.
Umumiy maʼlumotlar
Qoʻzgʻatuvchisi Mycobacterium tuberculosis
Yuqish yoʻllari havo-tomchi
kontakt
alimentar
ona qornida yuqish
 
Klassifikatsiyasi va tashqi linklar
Ixtisos Infeksion kasalliklar, pulmonologiya
KXK-10 A15A19
KXK-9 010018
OMIM 607948
DiseasesDB 8515
MedlinePlus 000077
eMedicine med/2324 emerg/618 radio/411
Patient UK Sil
MeSH D014376
Orphanet 3389

Sil, tuberkulyoz – turli aʼzolar, asosan, oʻpkada oʻziga xos yalligʻli oʻzgarishlar roʻy berishi bilan tavsiflanadigan yuqumli surunkali kasallik turi hisoblanadi. Odamlarda uchraydigan Silni ftiziatriya oʻrganadi. Nemis mikrobiologi Robert Kox (1882-yil) sil qoʻzgʻatuvchisini aniqladi (bu qoʻzgʻatuvchi uning sharafiga Kox tayoqchasi deb nomlandi). Sil kasalligi qadimdan maʼlum. Kasallik belgilari Gippokrat, Ibn Sino asarlarida ham taʼriflangan.

Sil kasali oxiri oʻlim bilan tugaydi degan xato ma'lumot, sababi bugungi kunda bu davosi bor kasallik.

Sil bilan odamlardan tashqari, uy hayvonlari (asosan, qoramol), uy parrandalari (tovuq, kurka) kasallanadi.

Odamlarda kasallikning asosiy manbai oʻpka sili bilan ogʻrib, mikobakteriyalar aralash balgʻam tashlab yuradigan bemorlardir. Sil hammadan koʻp havotomchi yoʻli bilan tarqaladi: yoʻtalganda, aksirganda mikobakteriyali balgʻam va shilliq zarralari havoga tarqalib atrofidagi buyumlargatushadi. Sil mikobakteriyasi, asosan, nafas yoʻllari orqali kiradi. U boshqa mikroblarga nisbatan tashqi muhitning turli taʼsirlariga juda chidamli boʻlib, oʻzining yashash va koʻpayish xususiyatlarini uzoq muddat davomida saqlab qoladi. Quruq holdagi Sil mikrobakteriyasiga 36° haroratda taʼsir etilsa, u 180 kungacha, +70° qizdirilsa 7 soat davomida, oqar suvlarda 150 kun, koʻcha changida 10 kun ichida hayot kechirish va koʻpayish xususiyatlarini yoʻqotmaydi. Ayniqsa, quyosh nuri tushmaydigan zax yerlarda uzoq muddat saqlanib qoladi. Sil mikobakteriyalarining atrofmuhitda uzoq vaqt saqlanishi Sil kasalligining idishtovoq, kiyimkechak, oʻrinkoʻrpa va boshqa orqali yuqish ehtimolini tugʻdiradi. Silning ochiq va yashirin shakli farq qilinadi. Silning ochiq shaklida bemor balgʻamida Sil mikobakteriyalari topiladi; bemor gigiyena qoidalariga rioya qilmasa, boshqalarga kasal yuqtiruvchi boʻlib qolishi mumkin. Silning yashirin shaklida mikobakteriyalar balgʻamda topilmaydi, bunday bemorlar atrofidagilar uchun yuqumli boʻlmaydi. Sil bilan ogʻrigan bemor barcha gigiyena qoidalariga rioya qilsa, amalda atrofdagilar uchun xavfli boʻlmaydi. Sil mikobakteriyalari faqat oʻpkani emas, balki organizmda soch va tirnoqdan boshqa boʻgʻimlar, suyaklar, miya pardalari, buyraklar va boshqa aʼzolarni zararlaydi. Sil kasalligiga aksari yosh bolalar (chunki ularda hali immunitet sust rivojlangan boʻladi), balogʻatga yetish davridagi oʻsmirlar (nervendokrin boshqaruvining beqarorligi tufayli), shuningdek, organizmning infeksiyaga chidami susaygan yoshi katta odamlar chalinadi. Oʻpka siliga xos belgilar kasallik shakliga, yoshga va boshqalarga bogʻliq.

Birlamchi Silda kasallik alomatlari yaqqol namoyon boʻlmaydi. Biroq teri ostiga tuberkulin yuborib oʻtkaziladigan Mantu sinamasi musbat chiqsa va bemorda kasallikning umumiy belgilari (rang ketishi, quvvatsizlik, uyqu va ishtaha buzilishi, tez toliqish, gavda haroratining koʻtarilishi, tunda terlash) paydo boʻlsa, busilin toksikatsiyasidan darak beradi. Yosh bolalarda kasallik maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarga qaraganda ogʻirroq oʻtadi, aksari asoratlar kuzatiladi. Sil intoksikatsiyasi bolalarda roʻyrost namoyon boʻladi; bolaning rangi siniqadi, injiq boʻlib qoladi, ishtahasi yoʻqolib, teztez shamollab turadi. Vrachga oʻz vaqtida borib, bolani toʻgʻri parvarish qilinsa, odatda, butunlay sogʻayib ketadi.

Ikkilamchi Sil – oʻpka silining hammadan koʻp uchraydigan shakli. U oʻpkada va limfa tugunlarida sakdanib qolgan infeksiya „qoʻri“dan kelib chiqadi; noxush sharoitlarda Sil qoʻzgʻatuvchisi faollashib, jarayonni zoʻraytiradi (faol shakli). S mikobakteriyasi bor bemor bilan uzoq vaqt muloqotda boʻlganda Sil qaytalanishi ham mumkin. Bunga organizmning zaiflanishi, sifatsiz ovqatlanish, stresslar, zararli odatlar (chekish, ichkilikbozlik, giyohvandlik), surunkali kasalliklar, oʻpkaning nospetsifik kasalliklari, qandli diabet, gastrit, meʼdaichak yaralari, SPID, shuningdek, homiladorlik va gugʻruqdan keyin organizm himoya qobiliyatining kamayishi va boshqa sabab boʻladi. Odatda, ikkilamchi Sil yoshlikda va oʻrta yoshda paydo boʻladi, oʻz vaqtida davo qilinmasa, kasallik astasekin, lekin toʻxtamay rivojlanadi. Aksari oʻpkaning yuqori boʻlaklarida mayda oʻchoqlar paydo boʻladi (Sil ning oʻchoqli shakli), baʼzan yiringli infiltratlar (Silning yalligʻlangan shakli) kuzatiladi.

Kasallik baʼzan uzoq vaqtgacha hech qanday alomatlarsiz kechadi, biroq, oʻpka sili rivojlanganda, yaʼni Sil mikobakteriyalari koʻpayishi boshlanganda organizmda zaharlanish alomatlari paydo boʻladi: holsizlik, tez charchash, tunda terlash, ozib kegish va boshqa, borabora bemorda yoʻtal zoʻrayadi, hansiraydi, nimjon boʻlib qoladi. Zoʻr berib davolanish kasallik rivojlanishining oldini oladi. Oʻpkadan tashqaridagi Sil (hiqildoq, ichak, buyrak, teri, suyak, boʻgʻim va boshqalar) oʻpka siliga karaganda ancha kam uchraydi. Silni barvaqt aniklash kasallikni toʻlatoʻkis davolash imkonini beradi.

Davosi

Davolash, asosan, kasalxona sharoitida, vrach nazorati ostida olib boriladi. Ammo xozirgi kunda davolanishni uyda olib borish imkoniyati ham bor, dorilar faqat tabletkalardan iborat bo'lishi ham mumkin. Dorilar shifokor tarafidan buyuriladi va silga qarshi dorilar mutlaqo bepul beriladi. [1]Silga qarshi ishlatiladigan zamonaviy doridarmonlardan kasallikning turi va ogʻirengilligiga qarab tayinlanadi. Odatda, davolanish olti oy davom etadi, og'irroq holatlarda, o'pkadan tashqari sil kasalligida davolanish uzoq davom etishi mumkin 18 oydan 24 oygacha. Hozirda Keng qamrovli dorilarga chidamli sil (MDR TB) kasalligi o'pkada aniqlansa olti oy faqat tabletkalar qabul qilish orqali, uyda yoki shifoxonada qabul qilinishi mumkin. Insonlar ijtimoiy hayotdan uzilmagan holda dorilarni qabul qilishi mumkin. Shuningdek dorilarni qabul qilishni videoga olib yuborish orqali har kuni poliklinikalarga borish shart emas. Silning davosi bor va dorilarni o'z vaqtida qabul qilish, shifokor ko'rsatmalariga to'liq amal qilish orqali bu kasallikdan foriq bo'lish mumkin. [2]Silni davolashda foydalaniladigan kimyoterapevtik dorilar maʼlum bir guruxlarga boʻlinadi: izoniazid va uning analoglari, rifampitsin; etambutol, protionamid (etionamid, tizamid (pirazinamid), streptomitsin, kanamitsin, amikatsin, Bedakvilin, Linezolid, Klofazimin, Delamanid, Protionamid, Imipenem va boshqalar.

Oldini olish ijtimoiy, sanitariya, kimyoviy va maxsus tadbirlarni oʻz ichiga oladi. Aholi yashaydigan joylarni obodonlashtirish moddiy hayot sharoitini yaxshilash, aholining umumiy madaniyatini oshirish va sanitariya bilimlarini targʻib qilish, jismoniy tarbiya va sportni keng rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Vrach buyurgan kun tartibiga amal qilish, toʻlatoʻkis ovqatlanish, iloji boricha ochiq havoda boʻlish, xonani botbot shamollatib turish lozim. Sil bilan ogʻrigan bemorlarni kasallikning ilk bosqichlarida aniqlash maqsadida aholini ommaviy tekshirish, yaʼni flyuorografiya tekshiruvidan (kamida 2 yilda 1 marta) oʻtkazish ijobiy natija beradi. Sil ni bolalarda barvaqt aniklash uchun bolalar poliklinikalarida, bogʻchalarida, maktablarda tuberkulin sinamasi oʻtkaziladi. Oʻzbekistonda barcha yangi tugʻilgan chaqaloqlar vrachning moneligi boʻlmasa, Silga qarshi vaksinatsiya qilinadi; vaqtvaqti bilan (7,12 yoshda) revaksinatsiya oʻtkaziladi.

/lA.Typcynov F. I., Ibrohimov M. A., Sodiqov A. S, Sil, T., 1999.

Abdulla Ubaydullayev.[3]

Manbalar

  1. Hojiev, Qayim; SHoymatov, Boboqul (2023-02-01). „ENERGETIKA SOHASIDA MUQOBIL ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH KO'SATKICHLARI“. Eurasian Journal of Academic Research. 03-jild, № 02. 188–194-bet. doi:10.37547/ejar-v03-i02-p2-78. ISSN 2181-2020.
  2. „Tuberculosis- Key facts“ (29-oktyabr 2024-yil).
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Read other articles:

Саломея, яку вона танцювалаSalome Where She Danced Жанр драма, вестернвійськовийРежисер Чарльз ЛемонтПродюсер Волтер ВенджерАлександр ГоліцинСценарист Лоуренс СталлінгсМайкл Дж. ФілліпсУ головних ролях Івонн де КарлоРод КамеронОператор В. Говард ҐрінГел МорКомпозитор Едвард ...

 

Видання кримськотатарських народних анекдотів про Ходжу Насреддіна і Ахмет Ахая (1937) Частина серії статей на тему:Кримські татариКримські татари, 1862 Символіка Герб Гімн Прапор Етнічні групи Добруджацькі татари Липки Ногаї Тати Ялибойлу Діаспора: Болгарія США Узбекиста...

 

Artikel atau sebagian dari artikel ini mungkin diterjemahkan dari Commutative property di en.wikipedia.org. Isinya masih belum akurat, karena bagian yang diterjemahkan masih perlu diperhalus dan disempurnakan. Jika Anda menguasai bahasa aslinya, harap pertimbangkan untuk menelusuri referensinya dan menyempurnakan terjemahan ini. Anda juga dapat ikut bergotong royong pada ProyekWiki Perbaikan Terjemahan. (Pesan ini dapat dihapus jika terjemahan dirasa sudah cukup tepat. Lihat pula: panduan pen...

Anthoine HubertAnthoine Hubert (2013)Kebangsaan PrancisLahir(1996-09-22)22 September 1996Lyon, PrancisMeninggal31 Agustus 2019(2019-08-31) (umur 22)Stavelot, BelgiaKarier FIA Formula 2 ChampionshipMusim debut2019Tim saat iniBWT ArdenNomor mobil19 (pensiun untuk menghormati)Start16Menang2Pole0Lap tercepat0Ajang sebelumnya2017–1820162014–152014–152013GP3 SeriesFIA Formula 3 European ChampionshipEurocup Formula Renault 2.0Formula Renault 2.0 AlpsFrench F4 ChampionshipGelar juara201820...

 

Former local government area in New South Wales, Australia This article is about the former New South Wales local government area. For the former South Australian municipality, see City of Enfield. Municipality of EnfieldNew South WalesEnfield Council Chambers, council seat from 1930 to 1948Population17,231 (1947 census)[1] • Density4,790/km2 (12,400/sq mi)Established17 January 1889Abolished31 December 1948Area3.6 km2 (1.4 sq mi)Council seatEnfield Coun...

 

بن دلالة تقسيم إداري البلد المغرب  الجهة درعة تافيلالت الإقليم زاكورة الدائرة تنزولين الجماعة القروية الروحا المشيخة بن دلالة السكان التعداد السكاني 216 نسمة (إحصاء 2004)   • عدد الأسر 25 معلومات أخرى التوقيت ت ع م±00:00 (توقيت قياسي)[1]،  وت ع م+01:00 (توقيت صيفي)[1]  ت

Aspect of history The state of medical knowledge at the time of the Civil War was extremely primitive. Doctors did not understand infection, and did little to prevent it. It was a time before antiseptics, and a time when there was no attempt to maintain sterility during surgery. No antibiotics were available, and minor wounds could easily become infected, and hence fatal. While the typical soldier was at risk of being hit by rifle or artillery fire, he faced an even greater risk of dying from...

 

This article does not cite any sources. Please help improve this article by adding citations to reliable sources. Unsourced material may be challenged and removed.Find sources: Nissan W64 engine – news · newspapers · books · scholar · JSTOR (November 2018) (Learn how and when to remove this template message)Reciprocating internal combustion engine Nissan W64OverviewManufacturerPrince & NissanProduction1966-1967LayoutConfiguration90° V8Displacement...

 

Fantasy series for young readers Wings of Fire by Tui T. SutherlandThe Wings of Fire logo as used on the covers of the novels Arc 1 – The Dragonet Prophecy The Dragonet Prophecy (2012) The Lost Heir (2013) The Hidden Kingdom (2013) The Dark Secret (2013) The Brightest Night (2014) Arc 2 – The Jade Mountain Prophecy Moon Rising (2014) Winter Turning (2015) Escaping Peril (2015) Talons of Power (2016) Darkness of Dragons (2017) Arc 3 – The Lost Continent Prophecy The Lost Continent (2018)...

28°17′03″N 068°26′58″E / 28.28417°N 68.44944°E / 28.28417; 68.44944 AirportJacobabad Air BaseLogo of PAF Base ShahbazIATA: JAGICAO: OPJASummaryAirport typeMilitary / PublicOwnerPAFOperatorPakistan Air Force (PAF)ServesJacobabad, Sindh, PakistanOccupantsPakistan Air Force No. 2 Squadron Minhasians No. 5 Squadron Falcons No. 11 Squadron Arrows No. 88 Squadron Rams Elevation AMSL185 ft / 56 mRunways Direction Length Surface m ft 15/33 3,060 10,0...

 

Mortal Kombat character Fictional character Kung JinMortal Kombat characterKung Jin in Mortal Kombat X (2015)First appearanceMortal Kombat X: Blood Island (2015)Created byShawn KittelsenPortrayed byLewis Tan (Mortal Kombat X: Generations)Voiced byJohnny Yong BoschMotion captureLawrence Kern (MKX)In-universe informationAffiliationWhite Lotus SocietyFamilyGreat Kung Lao (ancestor) Kung Lao (relative)OriginChina (Earthrealm) Kung Jin is a fictional character in the Mortal Kombat fighting game fr...

 

Der Titel dieses Artikels ist mehrdeutig. Weitere Bedeutungen sind unter Tacitus (Begriffsklärung) aufgeführt. Tacitus, moderne Skulptur vor dem Parlamentsgebäude in Wien Publius Cornelius Tacitus (* um 58, † um 120) war ein bedeutender römischer Geschichtsschreiber, Politiker und Senator. Tacitus ganz oder weitgehend erhaltene Schriften sind Agricola, Germania, Dialogus de oratoribus, Historien und Annalen. Sowohl die Historien als auch die Annalen gehören zu den bekanntesten und wich...

坂本 裕哉横浜DeNAベイスターズ #20 2022年5月5日 横浜スタジアム基本情報国籍 日本出身地 福岡県福岡市西区[1]生年月日 (1997-07-28) 1997年7月28日(26歳)身長体重 180 cm85 kg選手情報投球・打席 左投左打ポジション 投手プロ入り 2019年 ドラフト2位初出場 2020年6月25日年俸 2000万円(2024年)[2]経歴(括弧内はプロチーム在籍年度) 福岡大学附属大濠高等学校 立命...

 

American actor This article includes a list of general references, but it lacks sufficient corresponding inline citations. Please help to improve this article by introducing more precise citations. (March 2013) (Learn how and when to remove this template message) Jack OngJack Ong, Executive Director of The Dr. Haing S. Ngor Foundation, displays Ngor's Best Supporting Actor Academy Award for The Killing Fields and the second edition of Ngor's autobiography, Survival in the Killing FieldsBorn(1...

 

Railway station in Nichinan, Miyazaki Prefecture, Japan Obi Station飫肥駅Obi Station in 2020General informationLocation1-chome Hoshikura, Nichinan-shi, Miyazaki-ken 889-2533JapanCoordinates31°37′40″N 131°21′43″E / 31.62778°N 131.36194°E / 31.62778; 131.36194Operated by JR KyushuLine(s)■ Nichinan LineDistance39.8 km from Minami-MiyazakiPlatforms1 island platformTracks2ConnectionsBus stopConstructionStructure typeAt gradeParkingAvailableBicycle facilitie...

Charitable learned society in the City of York, North Yorkshire, England Yorkshire Philosophical SocietyThe Lodge, Museum Gardens, York home of the Yorkshire Philosophical Society's offices and reading room.Formation1822TypeLearned societyPurposeHistorical, Archaeological and ScientificLocationYorkActivitiesResearch & publications, lectures & eventsFoundersJames Atkinson, William Salmond, Anthony Thorpe and William VernonPresidentTbaAffiliationsYorkshire Museum, Museum GardensWebsitey...

 

Estonian military personnel and journalist Peeter TaliMember of the XV Riigikogu Personal detailsBorn (1964-08-06) August 6, 1964 (age 59)Pärnu, EstoniaOccupationPolitician, military officer, journalist Peeter Tali (born 6 August 1964 in Pärnu) is an Estonian military officer and journalist.[1] Biography In 1990s he was a member of the Congress of Estonia.[2] 1993-1994 he was the chief editor of news agency ETA. 1994-1995 he was the chief editor of newspaper Rahva Hää...

 

CrazySingel oleh Anggundari album ElevationDirilis30 Juni 2008FormatCD single, digital downloadDirekam2008GenreUrban, danceDurasi4:21LabelHeben MusicPenciptaAnggun, WealstarrProduserTefa & Masta Crazy adalah sebuah lagu oleh penyanyi Indonesia Anggun C. Sasmi dari album internasional keempatnya Elevation. Lagu ini juga direkam dalam bahasa Prancis dengan judul Si tu l'avoues untuk album edisi Prancis, serta dalam bahasa Indonesia dengan judul Jadi Milikmu untuk album edisi Indonesia dan M...

1948 film by William A. Berke Speed to SpareTheatrical release posterDirected byWilliam BerkeScreenplay byMilton RaisonProduced byWilliam H. PineWilliam C. ThomasStarringRichard ArlenJean RogersRichard TravisRoscoe KarnsNanette ParksPat PhelanCinematographyEllis W. CarterEdited byMonty PearceMusic byDarrell CalkerProductioncompanyPine-Thomas ProductionsDistributed byParamount PicturesRelease date May 14, 1948 (1948-05-14) Running time57 minutesCountryUnited StatesLanguageEnglis...

 

County in mid-western Ireland County in Munster, IrelandCounty Limerick Contae LuimnighCounty Coat of armsNickname(s): The Treaty County, ShannonsideMotto(s): Irish: Cuimhnigh ar LuimneachRemember LimerickCountryIrelandProvinceMunsterRegionSouthern (Mid-West)Established1210[1]County townLimerick and Newcastle WestGovernment • Local authorityLimerick City and County Council • Dáil constituenciesLimerick City and Limerick County • EP consti...

 

Strategi Solo vs Squad di Free Fire: Cara Menang Mudah!