Shovinizm

Shovinizm [frans. saiu1sh$te, Napoleon I bosqinchilik siyosatining muxlisi fransuz askari N.Shoven (Spailchop) nomidan] — millatchilikning oʻta agressiv shakli. Oʻzga millatlarni kamsitish, tahqirlash, oʻz millatini boshqa millatdan ustun qoʻyish, milliy kalondimogʻlik, milliy xudbinlik illatlarini oʻzida mujassam etadi. Shovinistlar gʻoyaviynazariy jihatdan milliy manfaat va ustuvorlikka xizmat qilib, oʻz gʻoyalarini tazyiq va zoʻravonlik orqali amalga oshiradi. "SH." termini 19-asrning 30-yillari Fransiyada paydo boʻldi. Keyinchalik bu soʻz milliy ekstremizmning turli koʻrinishlarini ifodalashda qoʻllanila boshladi. Sh. biror boshqa millatning tarixiy taraqqiyot yutuqlari, insoniyat sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasi, jahon tarixidagi oʻrni, milliy, maʼnaviy va madaniy qadriyatlarini poymol qilishga harakat qilib, ayrim jihatlari bilan natsizm va fashizmga ham oʻxshab ketadi. Sh. koʻp millatli davlatda koʻpincha bir millatning ustuvorligiga, cheksiz imtiyozlarga ega boʻlishiga olib keladi. Baʼzan esa muayyan davlatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy manfaatlarini milliy manfaatlar niqobi ostida namoyon etib, oʻzga davlatga tazyiq oʻtkazishi ham mumkin. Bu hol buyuk davlatchilik Sh.i sifatida taʼriflanadi. Sh. 20-asrda dunyoning turli davlatlari va mintaqalarida oʻzining mudhish maqsadlarini amalga oshirdi.





Strategi Solo vs Squad di Free Fire: Cara Menang Mudah!