No Mu Xyon (1946.6.8, Kimxe shahri) - Koreya Respublikasi davlat arbobi. 1971-yildan harbiy xizmatda. 1978-yildan xususiy advokatlik bilan shugʻullangan. 1985-yildan Pusan xalq-demokratik kengashi ijtimoiy tashkilot raisi, 1987-yildan Demokratik konstitutsiyani qabul qilish fuqarolik harakati Pusan boʻlimi ijroiya raisi, 1991-yildan Demokratik partiya spikeri, 1993-yildan partiya yuqori kengashi aʼzosi, 1995-yildan vitse-prezidenti. 1997-yildan Yangi siyosat uchun milliy kongressi partiyasi vitse-prezidenti, 2000-yildan Dengiz va balikchilik ishlari vaziri, 2001-yildan Yangi millenium demokratik partiyasi yuqori kengashi aʼzosi, soʻng doimiy maslahatchisi. Koreya Respublikasi prezidenti.[1]