Qishloq xoʻjaligi

Qishloq xoʻjaligi – aholi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvchi asosiy manbadir. Ayni vaqtda u keng istemol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sanoatning bir qancha tarmoqlari uchun xom-ashyo yetkazib beradi. Masalan, qishloq xoʻjaligi xom-ashyosining ulushi (qiymat jixatidan) ip-gazlama sanoatida barcha moddiy xarajatlarning 60 foizini, qandolat sanoatida salkam 70 foizni, yogʻ va sut sanoatida qariyb 80 foizni tashkil qiladi. Bularning hammasi shuni koʻrsatadiki, qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishni koʻngildagiday surʼatlar bilan rivojlanmasa, xalq turmush darajasini oshirishning hech qanday eng yaxshi programmasini ham roʻyobga chiqarib boʻlmaydi. Qishloq xoʻjaligining ahamiyati yana shu bilan belgilanadiki, xalq xoʻjaligida band boʻlgan xodimlarning 27 foizi shu sohada mehnat qiladi. Qishloq xoʻjaligida mamlakat milliy daromadining taxminan uchdan bir qismi yaratiladi. Shu sababli mamlakat butun iqtisodiyotining oʻsish surʼatlari, mehnatkashlar farovonligini oshirish koʻp jihatdan qishloq xoʻjaligining rivojlanish darajasiga bogʻliqdir. Shu bilan birga sotsial-siyosiy jihatni ham xisobga olish muhimdir. Qishloq xoʻjaligini yuksaltirish ishchilar sinfi bilan dehqonlar ittifoqini mustahkamlashning eng muhim shartidir. V. I. Lenin qishloq xoʻjaligining ahamiyatini belgilar ekan, mustahkam qishloq xoʻjalik bazasi boʻlmasa, hech qanday xoʻjalik qurilishi boʻlishi mumkin emas deb taʼkidlagan.

Qishloq xoʻjaligiga taʼrif

Qishloq xoʻjaligi moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlaridan biri. Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari olish uchun ekinlar ekish va chorva mollarini koʻpaytirish bilan shugʻullanadi, aholini oziq-ovqat mahsulotlari va xalq xoʻjaligining bir qancha tarmoqlarini xom ashyo bilan taʼminlaydi. Qishloq xoʻjaligi oʻsimlik va hayvon mahsulotlarini dastlabki qayta ishlashning turli tarmoqlarini ham oʻz ichiga oladi. Ishlab chiqarishning boshqa sohalaridan farq qilgan holda qishloq xoʻjaligi juda katta maydonlarda va hududiy xilma xil sharoitlarda olib boriladi. Unda yer (asosiy ishlab chiqarish vositasi), yorugʻlik, issiqlik, suv va tirik organizmlar – oʻsimlik va hayvonlardan foydalaniladi. Qishloq xoʻjaligining i.ch. davri ish davri bilan mos tushmaydi. Qishloq xoʻjaligining ning asosiy tarmoqlari – dehqonchilik va chorvachilik. Ular ham oʻz navbatida bir qadar kichikroq tarmoqlarga boʻlinadi (dehqonchilikda – dalachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilik, oʻrmon xoʻjaligi va b.; chorvachilikda – qoramolchilik, qoʻychilik, yilqichilik, choʻchqachilik, parrandachilik, asalarichilik, pillachilik va b.); Oʻz navbatida, dehqonchilik va chorvachilik tarmoklari ekiladigan ekinlar (gʻallachilik, sholikorlik, paxtachilik) va chorva mollari turlari (qoramol, qoʻy, ot, tuya) boʻyicha guruhlanadi.

Qishloq xoʻjaligining. – inson xoʻjalik faoliyatining dastlabki turlaridan biri. Uning kelib chiqishi tosh davri oxiriga borib taqaladi. Bu davrda inson xoʻjalik va b. ehtiyojlarini qondirish uchun yerni oddiy qurollar bilan ishlagan, baʼzi xayvonlarni xonakilashtira boshlagan. Asrlar davomida turli sharoitlar taʼsirila dehqonchilik tizimi oʻzgargan va takomillashgan; hayvonlarning foydali xususiyatlari parvarishlangan, koʻplab zotlari yetishtirilgan.

Jahon Qishloq xoʻjaligining da dunyodagi iqtisodiy faol aholining 45,2% (1316,7 mln. kishi) band. qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar 13387,0 mln. ga, jumladan, haydaladigan yerlar 1380,8 mln. ga, jami sugʻoriladigan yerlar 271,4 mln.ga (1998). 1999 y.da jahon qishloq xoʻjaligida 583,6 mln.t bugʻdoy, 596,4 mln. t sholi, 600,4 mln. t makkajoʻxori, 130,0 mln. t arpa, 294,3 mln. t kartoshka, 444,6 mln. t mevalar, shu jumladan 60,6 mln. t uzum yetishtirildi. Chorvachilikda 225,9 mln. t goʻsht, 562,4 mln. t sut tayyorlandi. 1338,2 mln. bosh qoramol, 912,7 mln. choʻchqa, 1068,6 mln. qoʻy va 709,9 mln. bosh echki, 14139,0 mln. tovuq boqildi.


Manbalar



Strategi Solo vs Squad di Free Fire: Cara Menang Mudah!