Qashqadaryo (daryo)

Qashqadaryo
Qarshi koʻprigidan daryoning koʻrinishi
Qarshi koʻprigidan daryoning koʻrinishi
Tavsif
Uzunligi 378
Suv sarfi 24,9 m³/s
Davlat Oʻzbekiston
Qashqadaryo (daryo)

Qashqadaryo — Tojikistonning Soʻgʻd viloyatidan boshlanib, Oʻzbekistonning Qashqadaryo viloyatida oʻqib oʻtuvchi yirik daryo.

Akademik Yahyo Gʻulomov boshchiligidagi ilmiy guruhning aniqlashicha, daryo XII asrgacha Zarafshon daryosiga quyilgan[1].

Etimologiyasi

Qashqadaryo nomi tuzilishiga koʻra turkiy qashqa hamda tojikcha daryo soʻzlarining yigʻindisi hisoblanadi. Qashqa soʻzi nafaqat turkiy balki eroniy tillar orasida ham uchrab turadi va ot yoki mol peshona qismidagi oq dogʻ, oq nishona maʼnosida qoʻllanadi. Kinoya oʻrnida esa dongʻi chiqqan, taʼniqli maʼnosida ishlatiladi. Qashqa soʻzi bilan aloqador boʻlgan joy nomlari Markaziy Osiyo, Volgaboʻyi, Ural, Kavkaz, Sibir oʻlkalarida ham uchraydi. Kashkatau (Boshqirdistondagi togʻ), Qashqa (Uraldagi daryo), Kaskasu (Qozogʻistondagi suv havzasi), Obiqashqa (Tojikistondagi daryo), Qashqabel (Qirgʻizistondagi togʻ), Qashqa (Tojikistondagi dovon), Qashqa, Qashqanash, varman Qashqa, Yenesh Xerri Qashqa va Asla Qashqa (Chuvashistondagi aholi yashash punktlari) kabilar shular jumlasidandir. Oʻzbekiston hududida ham bu singari joy nomlari koʻplab topiladi (Qashqaariq, Qashqa, Qashqasuv, Qashqakariz va hokazo).

Daryoning Kitob tumanidan oqib oʻtishi

Qashqa soʻzi odatda balandlik, tepalik, togʻliklarga nisbatan koʻproq qoʻllanadi. Shunga koʻra, Qashqadaryo bu togʻ daryosi balandlikdagi daro maʼnosida shunday nomlanadi[2].

Daryoning xaritasi

Tuzilishi

Daryo havzasining umumiy maydoni 12 ming km² ni tashkil etadi. Daryo Tojikistonning Sugʻd viloyatidagi Hisor tizmasining gʻarbiy tarmogʻi boʻlgan Obixunda togʻlarining shimoliy yon bagʻridan, Tovtosh dovonidan 1,5 km shimoli-sharqda, 2960 m balandlikdan boshlanadi. Daryo oʻng irmogʻi Oʻrtabuloqning (Forob qishlogʻi yonida) quyilishigacha Shinchasoy deb ataladi.

Yuqori oqimida baland plato boʻylab chuqur vodiyda oqadi. Daryo vodiysining bosh qismi koʻp joylarda tor. Vodiy yon bagʻirlari koʻpincha tik, balandligi 50-120 metrdan kam emas. Yargʻak irmogʻi qoʻshilgandan soʻng vodiy bir oz (100-200 metr) kengayadi. Shu yerdan daryoda qayir paydo boʻladi (eni 100 metr, Dugʻoba qishlogʻi yaqinida). Chiroqchi shahridan pastroqda Hazratibashir qishlogʻidan boshlab daryo suvi ariq va kanallarga olinadi.

Irmoqlari

Qashqadaryoga sersuv bir qancha irmoqlar: Jinnidaryo, Chiroqchidan 18 km yuqorida Oqsuv, Tanxozdaryo, Gʻuzordaryolar kelib quyiladi. Bu irmoqlar yuqori oqimida chuqur va tor vodiyda oqadigan tipik togʻ daryolari hisoblanadi.

Qashqadaryoning oʻng sohil tomonidan uncha baland boʻlmagan Qoratepa togʻining janubiy yon bagʻridan 20 ga yaqin soy (Shoʻrobsoy, Makridsoy, Oyoqchisoy, Qalqamasoy va boshqalar) oqib tushadi. Togʻlikdan tekislikka chiqqach, daryo vodiysi kengayadi. Shu yerdan daryo suvi butunlay sugʻorishga olinadi. Qarshi choʻliga yetganda daryo tugaydi.

Jinnidaryo

Jinnidaryo Hisor tizmasining Oqota va Sherdogʻ togʻlari oraligʻidagi buloqlardan boshlanadi. Daryoning uzunligi 57 km.

Oqsuv

Oqsuv daryosi Hisor tizmasidagi Botirboy va Seversev muzliklaridan boshlanadi. Daryoning uzunligi 115 km.

Tanxozdaryo

Tanxozdaryo Hisor tizmasining Gʻozikoʻlidan boshlanadi. Daryoning uzunligi 104 km.

Yakkabogʻdaryo

Yakkabogʻdaryo Hisor tizmasining janubi-gʻarbiy yonbagʻirlaridan boshlanadi. Daryoning uzunligi 108 km.

Gʻuzordaryo

Gʻuzordaryo Chaqchar togʻidan boshlanadi. Daryoning uzunligi 68 km.

Suv sarfi

Daryo suvi asosan qor, yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi Varganza qishlogʻi yonida 14,1 m³/sek dan (koʻp suvli yilda) 1,45 m³/sek gacha (kam suvli yilda) yetadi. Chiroqchi qishlogʻi yonida yildagi eng koʻp suv sarfi 781 m³/sek dan (koʻp suvli yilda) 21,4m³/sek gacha (kam suvli yilda) boʻladi.

Qashqadaryo irmoqlar
Qashqadaryo daryosining baland togʻ hududlaridan boshlanuvchi irmoqlari

Yillik oqimining 64% mart – iyun, 11,7% iyul —sentabr, 24—27% oktabr – fevral oylarida oqib oʻtadi. Yillik eng koʻp suv sarfi koʻproq jala yomgʻirlari hisobiga tez oʻzgarib turadi. Shunga koʻra, toʻlin suv davri (fevral – iyul) sel tusini oladi. Daryo havzasidagi yerlarni suv bilan taʼminlashni yaxshilash maqsadida Chimqoʻrgʻon suv ombori, Zarafshon daryosidan havzaga suv keltirish uchun Eski Anhor va Qarshi magistral kanallari qurilgan[3]. Qashqadaryo qor suvlaridan toʻyinsa ham unga quyiluvchi Jinnidaryo, Tanxoz, Oqsuv va Yakkabogʻ singari irmoqlari aslida qor-muzliklari hisobiga toʻyinadi. Mazkur irmoqlar havzasida maydoni 20.3 km² boʻlgan kichik muzliklar mavjud[4].

Yana qarang

Adabiyotlar

Manbalar

  1. Лунина 1984, s. 8.
  2. To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 365-367-bet. ISBN 978-9943-354-60-9. 
  3. "Qashqadaryo (daryo)" OʻzME. Q-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  4. „Qashqadaryo tabiiy geografik okrugi“. geografiya.uz. Qaraldi: 08-2023.

Read other articles:

У этого термина существуют и другие значения, см. Свобода (значения). Статуя Свободы и остров Свободы в заливе Нью-Йорка Libertas Богиня Свободы получила своё имя символизируя понятие свобода, существующее во многих культурах, включая классические примеры времён Римской имп...

 

  لمعانٍ أخرى، طالع أرمينيا (توضيح). أرمينيا مقاطعة أرمينيا Հռոմեական Հայաստան 114 م – 118 م   خارطة لمقاطعة أرمينيا ضمن الإمبراطورية الرومانية. عاصمة أرتاشات نظام الحكم مقاطعة التاريخ التأسيس 114 م الزوال 118 م اليوم جزء من  أرمينيا  أذربيجان  إيران تركيا&...

 

Martin GabelMartin Gabel sebagai Danton dalam produksi panggung Mercury Theatre Danton's Death (1938)Lahir(1912-06-19)19 Juni 1912Philadelphia, Pennsylvania, Amerika SerikatMeninggal22 Mei 1986(1986-05-22) (umur 73)New York City, Amerika SerikatMakamRoosevelt Memorial Park, Trevose, PennsylvaniaKebangsaanAmerika SerikatPekerjaanPemeran, sutradara, produserTahun aktif1934–1980Suami/istriArlene Francis ​ ​(m. 1946; wafat 1986)​AnakPete...

PSPS RiauNama lengkapPersatuan Sepak bola Pekanbaru dan Sekitar RiauJulukanAskar BertuahBerdiri1 Januari 1955StadionStadion Utama Riau Pekanbaru Riau, Indonesia(Kapasitas: 44.000)CEO Effendi SyahputraPelatih Ridwan SaragihAsisten Pelatih Basri BadussalamLigaLIGA 2Kelompok suporter Asykar Theking Laskar Tabano PSPS Riau singkatan dari Persatuan Sepak Bola Pekanbaru dan Sekitar Riau (dahulu dikenal dengan nama PSPS Pekanbaru) adalah klub sepak bola kebanggaan kota Pekanbaru, Riau. Pada musim ko...

 

Mayflower passenger Mayflower in Plymouth Harbor by William Halsall (1882) John Tilley (c. 1571 – winter of 1620/21) and his family were passengers on the historic 1620 voyage of the Mayflower. He was a signatory to the Mayflower Compact, and died with his wife in the first Pilgrim winter in the New World.[1][2] Life in England John Tilley was baptised on 19 December 1571 at Henlow in Bedfordshire, England. He was the eldest child of Robert Tilley and his ...

 

1980 United States Senate election in North Carolina ← 1974 November 4, 1980 1986 →   Nominee John East Robert Morgan Party Republican Democratic Popular vote 898,064 887,653 Percentage 49.96% 49.38% Election results by county Election results by congressional district East:      50–60%      60–70%Morgan:      50–60%      60–70%     &#...

Constituency of the Kerala legislative assembly in India KasargodConstituency for the Kerala Legislative AssemblyThe Seaview park near the Kasaragod Railway Station.Constituency detailsCountryIndiaRegionSouth IndiaStateKeralaDistrictKasaragodEstablished1957 - presentTotal electors2,01,812 (2021)ReservationNoneMember of Legislative Assembly15th Kerala Legislative AssemblyIncumbent N. A. Nellikkunnu PartyIUMLAlliance  UDFElected year2021 Kasaragod State assembly constituency is one of...

 

Learned society for botany in Germany Deutsche Botanische Gesellschaft Logo The German Society for Plant Sciences (also known as German Botanical Society, Deutsche Botanische Gesellschaft, DBG) is a non-profit network for plant sciences and botany in the German-speaking area. It was founded 1882 at Eisenach, Germany. In July 2020 it comprises more than 900 individual members and persons working or interested in plant science.[1] The society supports young scientists and unites all gen...

 

Upazila in Chattogram Division, Bangladesh Upazila in Chittagong, BangladeshPatiya পটিয়াUpazilaBuildings of Shahchand Auliya Kamil MadrashCoordinates: 22°18′N 91°59′E / 22.300°N 91.983°E / 22.300; 91.983Country BangladeshDivisionChittagongDistrictChittagongArea • Total156.34 km2 (60.36 sq mi)Population (2011) • Total366,010 • Density2,300/km2 (6,100/sq mi)Time zoneUTC+6 (BST)WebsiteO...

Afghan noble of the Sur Dynasty Not to be confused with Isa Khan, chieftain in Medieval Bengal. For other people named Isa Khan, see Isa Khan (disambiguation). This article needs additional citations for verification. Please help improve this article by adding citations to reliable sources. Unsourced material may be challenged and removed.Find sources: Isa Khan Niazi – news · newspapers · books · scholar · JSTOR (December 2015) (Learn how and when to r...

 

У этого термина существуют и другие значения, см. Комсомолец. К-278 «Комсомолец» К-278, 1 января 1986 года История корабля Государство флага  СССР Порт приписки Западная Лица, губа Малая Лопатка Спуск на воду 9 мая 1983 Выведен из состава флота 6 июня 1990 Современный статус затону...

 

State University in Karnataka Karnataka State Law UniversityTypeState Law UniversityEstablished2009ChancellorThawar Chand Gehlot(Governors of Karnataka)Vice-ChancellorProf. Dr. C. Basavaraju [1]LocationHubli, Karnataka, India12°56′19.59″N 77°30′11.45″E / 12.9387750°N 77.5031806°E / 12.9387750; 77.5031806CampusUrban 55 AcresAffiliationsUGCWebsitekslu.karnataka.gov.in The Karnataka State Law University (KSLU) is an Indian state university in Navanagar...

Baesa, karya Guillaume Rouillé dalam Promptuarii Iconum Insigniorum Baesa (Ibrani: בַּעְשָׁא, Baʿasha, artinya dia yang menghancurkan; bahasa Inggris: Baasha) adalah raja ke-3 Kerajaan Israel (Samaria) menurut Alkitab Ibrani dan Perjanjian Lama di Alkitab Kristen. Ia membasmi seluruh keturunan Yerobeam I (1 Raja-raja 15:29). Ayahnya bernama Ahia dari suku Isakhar.[1] Ia memerintah 24 tahun di Tirza. Setelah meninggal, anaknya Ela menggantikannya menjadi raja.[2&...

 

Ferry route in Skagit County, Washington, U.S. Guemes Island FerryThe current Guemes Island ferry crosses Guemes Channel enroute to its namesake island.RouteAnacortes, WA – Guemes IslandAuthoritySkagit CountyBegan operationFerry service on this route dates to 1890; current ferry went into service in 1979Travel time5 minutesNo. of vesselsoneYearly ridership400,000Yearly vehicles200,000 Guemes Island ferry schedule, published in 1912 in the Guemes Tillikum newspaper. Guy Mitchell, a captain a...

 

For the toyline, see Robo Machine. British comic book story The Robo MachinesAn early advertisement for The Robo Machines comic strip.Publication informationPublisherIPC MagazinesScheduleWeeklyTitle(s)Eagle10 November 1984 to 15 March 198529 March to 29 July 1985FormatsOriginal material for the series has been published as a strip in the comics anthology(s) Eagle.Genre Science fiction Publication date10 November 1984 – 29 July 1985Main character(s)Leader-1Cy-KillCreative ...

Village in Illinois, United StatesGolf, IllinoisVillage logoLocation in Cook County and the state of IllinoisCoordinates: 42°03′27″N 87°47′31″W / 42.057562°N 87.791995°W / 42.057562; -87.791995CountryUnited StatesStateIllinoisCountyCook CountySettled1830sIncorporated1928Area[1] • Total0.45 sq mi (1.16 km2) • Land0.45 sq mi (1.16 km2) • Water0.00 sq mi (0.00 km2)Populati...

 

Japanese artist (1887–1970) This article has multiple issues. Please help improve it or discuss these issues on the talk page. (Learn how and when to remove these template messages) This article needs additional citations for verification. Please help improve this article by adding citations to reliable sources. Unsourced material may be challenged and removed.Find sources: Jutaro Kuroda – news · newspapers · books · scholar · JSTOR (January 2016) (L...

 

City in Florida, United StatesMulberry, FloridaCityMulberry City Hall FlagLocation in Polk County and the state of FloridaCoordinates: 27°54′35″N 81°58′09″W / 27.90972°N 81.96917°W / 27.90972; -81.96917CountryUnited StatesStateFloridaCountyPolkArea[1] • Total6.88 sq mi (17.83 km2) • Land6.18 sq mi (16.01 km2) • Water0.70 sq mi (1.81 km2)Elevation[2]112 ft (...

1975 single by the CarpentersOnly YesterdayCover to the single Only YesterdaySingle by the Carpentersfrom the album Horizon B-sideHappyReleasedMarch 14, 1975RecordedJanuary 1975GenreSoft rock[1]Length4:10 (album version)3:50 (single version)LabelA&M1677Songwriter(s)Richard Carpenter, John BettisProducer(s)Richard CarpenterThe Carpenters singles chronology Santa Claus Is Comin' to Town (1974) Only Yesterday (1975) Solitaire (1975) Only Yesterday is a song recorded by the Carpenters...

 

Eisregen Eisregen spielen auf dem Metal Frenzy, 2018. Allgemeine Informationen Herkunft Tambach-Dietharz, Thüringen Genre(s) Dark Metal Gründung 1995 Website www.fleischhaus.de Gründungsmitglieder Gesang Michael „Blutkehle“ Roth E-Gitarre Michael „Bursche“ Lenz (bis 2016) Keyboard Daniel „DF“ Fröbing (bis 2007) Schlagzeug Ronny „Yantit“ Fimmel Aktuelle Besetzung Gesang Michael „Blutkehle“ Roth Gitarre El Hoppelo (seit 2017) Bass El Loco (seit 2013) Schlagzeug Ronny ...

 

Strategi Solo vs Squad di Free Fire: Cara Menang Mudah!