Prishtina (albancha: Prishtinë, Prishtina; serbcha: Приштина / Priština) — Kosovo Respublikadagi shahar va poytaxti. Aholisi 108 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Qishloq xoʻjaligi rayonining savdo-sanoat markazi. Toʻqimachilik, oziqovqat, keramika, mashinasozlik sanoati korxonalari mavjud. Hunar-mandchilik rivojlangan: gilam toʻqiladi, rangli metallardan turli buyumlar tayyorlanadi. Universitetbor. P. yaqinida qoʻngʻir koʻmir, qoʻrgʻoshin-rux konlari topilgan. Iirik energetika-kimyo kombinati ishlab turibdi.