Polyaklar — xalq, Polshaning asosiy aholisi (37,75 mln. kishidan or-tiq). Umumiy soni 44,2 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari), jumladan, Rossiya Federatsiyasida 94,6 ming kishi, Ukrainada 219,2 ming kishi, Litvada 258 ming kishi, Belorussiyada 417,7 ming kishi. Polyak tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, katoliklar. Polyak elatining shakllanishida Xalqlarning buyuk koʻchishidai soʻng Polsha hududida qolgan gʻarbiy slavyan qabilalari muhim rol oʻynagan. Polsha davlati barpo i etilgan davrda polyak elati ham shakllangan (10—11-asrlar). Uning etnik asosini polyanlar, slenzanlar, vislyanlar, mazovshanlar, pomorliklar tashkil qilgan. Koʻp millatli Rech Pospolita davlati (1565-yil tashkil topgan) doirasida polyak millati uyushuvi jarayoni sodir boʻlgan. P.ning yar-midan ortigʻi shaharlarda yashaydi va koʻp tarmokli sanoat va xizmat koʻrsatish sohasida band. Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi — gʻallachilik.[29]
Polyaklar — millat, Polshaning tub xalqi. MDH davlarida, AQSh, Fransiya, Kanada, Belgiya, Braziliya, Argentina, v.h. davlatlarida yashashadi. Umumiy soni 60 million kishi. Slovyan tillarining gʻarb guruhiga kiruvchi polyak tilida gaplashadilar. Alifbosi Lotincha. Dini Masihiylik dinining katolik tarmogʻiga mansub. Polyaklarning etnik asosini qadimgi oʻrta asrlardagi polyan, slezan, vislyan, mazovshan, pomoryan slovyan qabilalari tashkil qilgan. Millat boʻlib 10 — 11 asrlarda Polyak davlati tashkil topgandan keyin shakllana boshladi. Asosiy qismini gʻarbiy slovyan qabilalari tashkil qildi. Polyaktarning koʻpchiligi shahar hududlarida yashashadi. Ular har hil sohadagi korxonalar va xalqqa hizmat koʻrsatish joylarida ishlashadi. Tabiiy oʻzgachaligi va tarixiy qismatlari har bir joyda oʻziga xos milliy xoʻjalik va madaniyatning shakllanishiga taʼsir qilgan. Malopolsha va Sileziya oʻxshash togʻli hududlarda chorvachiligi, Pomorening gʻarbi va sharqida dengiz kasbchiligi qadimdan rivojlangan. Milliy kiyimlari: ayollar yubka, koʻylak, sirtidan oltin va kumush zar bilan toʻqilgan korsaj; erkaklar yoqali koʻylak, yoʻl-yoʻl shim, koʻk kaftan, boshiga konfederatka kiyadi. Xalq orasida hunarmandchilikning koʻp turlari (toʻqimachilik, tikinchіlik, kulolchilik, duradgorlik, v.b.), ogʻiz adabiyotlari (kundalikdagi musiqalar, afsonalar, ertaklar, v.b.) saqlangan.