Polietilen

Polietilen, politen, polieten [—CH2—CH2—]l – karbozanjirli polimer. Rangsiz, yarim shaffof modda. Suyuqlanish temperaturasi olinish usuliga koʻra 105—130°, zichligi 920– 970&kg/m3. Elastikligi va choʻzilishga mustahkamligi yuqori. Ishqorlar, xlorid, sulfat, ftorid va organik kislotalar taʼsiriga chidamli; xlor va ftor taʼsirida parchalanadi. 80°dan yuqorida uglevodlar va ularning xlorli hosilalarida eriydi; radioaktiv nurlar taʼsiriga chidamli; fiziologikjihatdan zararsiz. Polietilen – jahon miqyosida termoplastlar ishlab chiqarishda birinchi oʻrinda turadigan eng arzon polimerlardan biri. Sanoatda 3 xil usulda: etilenni yuqori bosimda (1200—1500 at), oʻrtacha bosimda (30—40 at) va past bosimda (1—7 at) polimerlab olinadi. Elektr izolyasiya qoplamalari, plyonkalar, yemiruvchi muhitlardan saqlovchi materiallar, sinmaydigan idishlar va boshqa tayyorlashda qoʻllanadi[1][2].

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „https://uluqiplastics.com/uz/“.




Strategi Solo vs Squad di Free Fire: Cara Menang Mudah!