Peru Markaziy zaxira banki (ispancha: Banco Central de Reserva del Perú; BCRP) - Perumarkaziy banki. Metall va qogʻoz pullarni zarb qiladi va muomalaga chiqaradi.
Konstitutsiyaga binoan, Markaziy zaxira bankining maqsadi pul barqarorligini saqlashdan iborat. Markaziy zaxira bankining inflyatsiya targetining yillik darajasi 2,0 foizni (plyus minus bir punkt) tashkil etadi. Bank siyosati ana shu maqsadga erishishga qaratilgan.
Konstitutsiyaga koʻra, Markaziy rezerv bankining quyidagi vazifalari ham bor: moliya tizimining valyuta va kreditini tartibga solish, uning tasarrufidagi xalqaro zaxiralarni boshqarish, banknotlar va tangalarni muomalaga chiqarish, davlat moliyasi toʻgʻrisida muntazam ravishda mamlakatga hisobot berish, mablagʻlar rentabelligini boshqarish.
Tarixi
1822-yilda San Martin tomonidan tashkil etilgan Ozodlik banki qogʻoz pullarni chiqarishni boshladi. Emissiya hajmi unchalik katta emas edi, 1823-yilda bank tugatilgan.
1863-yilda Providensiya xususiy banki banknotlarni muomalaga chiqara boshladi. Keyinchalik mamlakatda faoliyat yuritayotgan boshqa banklar ham oʻz pullarini chiqara boshladilar: Angliya-Peru banki, London banki, Janubiy Amerika banki, Arekipa banki va boshqalar. 1880-yilda Peru maʼmuriy kengashining banknotlari emissiya qilinishi boshlandi.
1920-yilda Peru Zaxira banki tuzildi, u pul chiqarishning mutlaq huquqini oldi. 1931-yilda bank Peru Markaziy zaxira banki sifatida qayta tashkil etildi. 1962-yilda bank milliylashtirildi[3].