Park Cho-a (1990-yil 6-martda tugʻilgan), Choa nomi bilan tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi. U „AOA“ qizlar guruhining sobiq aʼzosi sifatida tanilgan.
Yoshligi
Choa 1990-yil 6-martda Janubiy Koreyaning Incheon shahrida tugʻilgan[1]. U universitetda tahsil olib, musiqa boʻyicha mutaxassislikka ega boʻlishni xohlagan, lekin uning konservativ otasi uning anʼanaviy ishga kirishini istagan, shuning uchun u Inha texnik kollejining Aviatsiya biznesini boshqarish boʻlimiga oʻqishga kirgan. U shuningdek, „IPTV“ televizorlarini sotuvchisi boʻlib ishlagan va u yerda yashirincha kumir boʻlish uchun imtihondan oʻtmoqchi boʻlgan, afsuski „SM Entertainment“ kompaniyasida 15 marta tinglovdan oʻta olmagan[2].
Choaning k-pop sevimlisiga aylanishdagi birinchi qadami qoʻshiqchi va qoʻshiq yozuvchisi Juniel bilan uchrashganida qoʻyilgan, Juniel unga „FNC“ kompaniyasining „AOA“ qizlar guruhi uchun tinglovlar olib borilayotgani haqida gapirib bergan[3][4].
Faoliyati
2012-yil 30-iyulda Choa „Mnet“ telekanalining „M Countdown“ tanlov dasturida „AOA“ aʼzosi sifatida oʻzining „Angels' Story“ nomli ilk albomidagi „Elvis“ qoʻshigʻi bilan debyut qilgan[5].
2013-yil 12-iyun kuni Choa „High School Musical“ musiqiy filmida bosh rol boʻlgan Gabriella obrazini ijro etishi eʼlon qilingan. Uning „FNC Entertainment“ kompaniaysi agentligi Choaning „Start of Something New“ duet qoʻshigʻini ijro etayotgan suratlarini eʼlon qilgan. Choa Gabriellani iloji boricha samimiy tasvirlashni xohlayotganini aytgan. Myuzikl 2-iyuldan 1-sentabrgacha Seuldagi Blue Square Samsung Card Hallda boʻlib oʻtgan[6].
2014-yil 16-martda Choa „TV Chosun“ telekanalining „Bride of the Century“ seriali uchun yakkaxon saundtrekini chiqargan[7].
Choa „MBC“ telekanalining „My Little Television“ estrada shousida yangi aktrisa sifatida namyon boʻlgan[8]. Keyinchalik u 2015-yil 19-mayda shouni tark etgan[9].
Manbalar